Kanalga obuna
Kitob konspekti · 2-iyun, 2025

Sarvar Zaynutdinov master-klasidan xulosalar

Sotuv boʻlimlari samarasi lidlarni kvalifikatsiya qilmaslikdan pasayadi. Cust dev, NST, shaxsiy qoidalar va gʻamxoʻrlik boʻlimi sotuvni oshiradi.

Sarvar Zaynutdinov master-klasidan xulosalar

Sarvar aka Zaynutdinovning master-klasidan olgan eng zo'r xulosalarim:

» 90% sotuv bo'limlarining samarasi pastligini asosiy sabalaridan biri — lidlarni kvalifikatsiyadan o'tkazish bosqichi yo'qligi.

» Xodimlarga kompaniya qoidalari, reglamentlarini yodlatishning eng yaxshi usuli — o'sha darsni ketma-ket har oy takrorlayverish.

» Cust devni 4 ta toifadagi odamlar bilan o'tkazish kerak: 1. Potensial mijozlar 2. Mijozlar 3. Ariza qoldirib, lekin sotib olmaganlar 4. Sotib olib, voz kechganlar

» Bozorda #1 bo'lmoqchi bo'lsangiz shaxsiy qoidalaringizni o'ylab toping. Masalan: 1. Apple kompaniyasi aytadi — haqiqiy noutbuk 1 ta barmoqda ochilishi kerak deb, vaholanki bunday tarzda ochiladigan noutbuklar juda kam.

» NST: noyob sotuv taklifi formulasi — Bu ularni kuchli tomoni, raqobatchilarda yo'q jihat va mijozning xoxishi.

» Kompaniyangizda mijozlarga g'amxorlik bo'imini ochish orqali sotuv instrumentlarisiz sotuvlarni bir necha barobarga oshirishingiz mumkin.

» Sizdan mijozga nisbatan xatolik o'tgan bo'lsa doim mijozlarni bonuslar bilan xursand qiling.

Asl postni Telegramda ochish →