Kanalga obuna
Qoʻllanma · 24-may, 2025

Cust dev: mijozdek fikrlashni oʻrganish

Cust devning asl maqsadi shunchaki suhbat emas, miyada mijozning fikrlashiga oʻxshash oynali neyronlar yaratishdir. Bu bilim sayt, matn va progrevlarda ishlatiladi.

Man sizga hamma biladigan, lekin juda kam odam ishlatadigan bir instrumentni beraman.

Bu instrumentni o'rgansangiz har qanday usulda maxsulot yoki xizmatlarni sota olasiz.

Qayerda ishlatish mumkin?

→ sotuvchi sayt → sotuvchi taqdimot → jonli sotuv → onlayn sotuv → sotuvchi matn

Bu — cust dev (customer development). Maqsadli auditoriya bilan suxbat o'tkazib mahsulotingiz ularga qanchalik kerakligi, mahsulotingizga nimalar qo'shish kerakligi? Ularni qanday muammolari borligini aniqlashga yordam beradigan online/offline suxbat.

90% marketologlar cust devdan maqsad suxbat va muammolarni aniqlash deb o'ylaydi, aslida esa cust devdan maqsad o'zinigizni miyyangizda "oynali neyronlarni" yaratish. Yani mijoz qanday fikrlashini tushunib olish, siz ham mijozdek fikrlay oladigan bo'lishingiz. Mana shu asl maqsad!

Endi buni qanday ishlatishimiz mumkin?

1. Potensial mijozlarni topamiz 2. Maxsus savollarni tuzib chiqamiz. 3. Ular bilan online/offline suxbat o'tkazamiz 4. Ulardek fikrlashni boshlaymiz 5. Ulardek fikrlasak ularga maxsulot yoki xizmatni qanday sotishni ham tushunishni boshlaymiz. 6. Shu bilimlarni triggerlarni, insaytlarni saytda, matnlardan, progrevlarda va boshqa joylarda ishlatamiz.

Asl postni Telegramda ochish →