Oʻqituvchidan jamoali frilanserga: Khojiakbar keysi
IT ustozi 400 dollardan frilansga chiqib, jamoa bilan 1200-1500 dollarga yetgan. Vazifani vaqtida bajarish va mijoz oʻrniga oʻzini qoʻyish tavsiya qilinadi.

Khojiakbar Abdurahmanov
2-potokda o’qiganman
🏁 Tochka A: o’quv markazda IT ustoz, $400 daromad
🏁 Tochka B: frilansga chiqdim, $500 daromad
🏁 Tochka C: jamoa bo’lib ishlayapman, $1200-$1500 daromad
Zapros: yollanma ishdan frilansga chiqish bo’lgan, IT va dizayn qiziqishlarimni birlashtirish imkoniyatini ko’rganman
Mentorlikni yoqgan tomonlari ustozni dunyoqarashi keng va saytlar qilishdan tashqari intizom bo’yicha to’g’ri yechimlar berdilar, yo’nalishlar ko’rsatdilar, loyihalarda birga ishladik, tajriba va networking oshdi.
Mentorlikda har xil turdagi saytlar qilish jarayoni 0 dan finishgacha ustoz bilan birga qilib ko’rish, praktika ko’proq bo’lsa yanayam zo’r bo’ladi fikrimcha.
Sohaga yangi kirmoqchilarga tavsiyam: vazifalar vaqtida qilinsa, ustoz tavsiyalariga amal qilinsa karyera boshlash, daromad qilish uchun eng optimal ishlardan biri. Ko’p praktika kerak, mijozni o’rniga o’zizni qo’ygan holda unga yaxshi narsa berishga harakat qilsangiz tezroq natija qilasiz.
Asl postni Telegramda ochish →