Kanalga obuna
Roʻyxat · 19-iyun, 2025

2019 yilga qaytsam, nimani oʻrganardim

Muallif yillar davomida faqat daromad vositalariga eʼtibor qaratgan va asboblarni oylarda oʻrganish mumkin, fikrlash, intizom va tizimga esa yillar ketishini tushungan. U 10 ta asosiy yoʻnalishni sanaydi.

2019 2020 2021 2022 2023 2024

Yillarda butun fokusim daromadni oshirish va shunga yordam beradigan bilimlarni olishga qaratilgan edi. 2023 yilni o'zida 10.000$ dan ortiq kurslarga ishlatgan ekanman.

Endi tushunib yetyapman, daromadni oshirishga yordam beradigan instrumentlarni bir necha oyda organib olish mumkin ekan, lekin ularni amalga oshirishga kerak bo'ladigan fikrlash, intizom va tizimni esa qurish uchun yillar kerak ekan.

Hozir ham kech emas, lekin imkonim bo'lganida bu narsalarni o'rganish uchun 2019 dan 2022 gacha vaqt sarflagan bo'lar edim:

1. Ertag uxlab tongda turish. Buzilmaydigan aniq kun tartibi.

2. Daromadni va xarajatlatni xisoblash, ularni jamg'arish, to'g'ri joyga ishlatish.

3. Odamlarni boshqarish, boshqaruv tizimlarini qurish (SOP), vazifalarni ishonib topshira olish.

4. Doimiy ravishda har kunni/oyni/yilni rejalashtirish, uzluksiz bu ishni amalga oshirish.

5. Butun bo'sh vaqtni kitob va ilmga sarflash. Har kuni ilm olish. Ularni tizimli yozib borish, saqlash va ulashish.

6. Tadbirkorlarni fikrlashini o'zlashtirish. - boshqaruv - masshtabli fikrlash - 10x maqsadlar qo'yish - strategiya - fokus - liderlik - jamoani yig'ish - sotuv.

7. Shaxsiy sifatlar - va'dasida turish - kech qolmaslik - oxirigacha olib borish - ishonchli bo'lish - o'zingizga ravo ko'rganingizni birodaringizga ham ravo ko'rish - mardlik va jasoratli bo'lish - doim rost gapirish - odob, intizom.

8. Fokusni mushak kabi rivojlantirish.

9. Faqat pozitiv fikrlash, o'ziga bo'lgan ishonch, negativ fikrlarni yo'q qilish.

10. Compound effekt beradigan narsalarni boshlash va to'xtatmaslik. - blog - tana - ko'nikmalar - netvorking - odatlar - investitsiya

Haliyam kech emas!

Asl postni Telegramda ochish →