Yosh mutaxassis pul bilan ishlash qoidalari
Daromad oshgach xarajatlar ham tinimsiz oshadi. Post pulni nazorat qilish, yigʻish va aqlli sarflash boʻyicha aniq qadamlarni beradi.
Agar hozir siz yosh mutaxassis bo'lsangiz, 500-700$ daromad topayotgan bo'lsangiz tez orada quidagi muammolarga duch kelasiz.
Man o'tgan narsani o'zgartira olmayman, ammo sizga yordamim tegishi mumkin deb o'ylayman.
1. Oldin talaba bo'lib 100$ ga ham 1 oy bemalol yashagan bo'lsangiz, keyinchalik 1000$-2000$ ham yetmay qoladi. Pulni nazorat qila olmay qolasiz. Xarajatlaringiz tinimsiz oshib boradi. Pul ketaveradi, ammo yig'ilmaydi. Pul bo'lsa ishlatgingiz kelaveradi. Xissiyotga berilib ko'p narsalar olib tashlaysiz.
✅️️️️ Yechim — pulni doim qayerga ketayotgani va qayerdan kelayotganini nazorat qiling. Yozib yuring. (Wallet dasturi) — bir narsani sotib olishdan avval shu pulga undan ham foydaliroq narsa bormi yo'qmi o'ylab ko'ring. — pulni siz bilan doimiy ravishda qoladigan narsalarga sarflang. (Texnika, dasturlar, ish qurollari, uy uchun va h.k) Bizga 20$ photoshopga to'lash qiyin, lekin shu pulga 1 ta burger yeb o'ylab ham ko'rmaymiz. Pul qachon isrof bo'ladi? Uni ishlatilmaydigan yoki foyda bermaydigan narsaga sarflanganda. — pulni yig'ishni o'rganing, yig'ish uchun maqsad kerak, yig'ish uchun alohida joy yoki odam kerak, yig'ish uchun darxol daromaddan ajratish kerak. — Xarajatlar kalendarini tuzing (yani qaysi kuni kimga qancha berishingiz kerak) — Keladigan pulga emas, cho'ntakdagi pulga ishonib narsa sotib oling. — Daromadingizni begonalarga aytmang — yoningizda ko'p pul olib yurmang
Yana 5 ta muammo bor. Bu format sizga foydali bo'lgan bo'lsa qolganlarini ham chiqaraman.
Asl postni Telegramda ochish →