Kanalga obuna
Hikoya · 12-iyun, 2024

Shaxsiy moliyani chegara bilan boshqarish

Holatni tushunish uchun bir pogʻona pastga tushib koʻrish kerak: kuniga 20-30 ming soʻm bilan yashash tejashni oʻrgatadi. Chegarasi yoʻq narsani boshqarib boʻlmaydi.

So'g odam kasalni xolatini o'zi kasal bo'lmagunicha chuqur tushunmaydi.

Boy odam kambag'alni xolatini tushunmaydi.

Yoshligidan suzib yurgan odam cho'kish nimaligini bilmaydi.

Maktab va kollejda o'qiyotganimda shaxsiy moliyani juda yaxshi boshqarar edim. Doim aniq rejam bo'lgan, nimaga pul ketgani va qayerdan kelayotganini aniq bilar edim.

Lekin ishlashni boshlaganimdan so'ng bu narsa yoqoldi. Oxirgi 4-5 yil ichida juda ko'p marta bu narsani nazorat qilishga urunib ko'rdim ammo samarasiz bo'laverdi. Sababini hech tushunmayotgan edim. Keyin buni angladim. Huddi sog' odam kasalni xolatini tushunmaganidek, haqiqatdan moliyaviy qiyin vaziyatga tushmaganim uchun shaxsiy moliya muhimligini tushunishim qiyin bo'lgan ekan. Ikkinchi sababi esa chegaralar yoqolgani.

Buni hayotdan qanday qilib ishlatsa bo'ladi? Sun'iy ravishda kuniga 20.000-30.000 so'm byujet ajratib 4-5 kun yashab ko'ring. Shunda har bir so'm qadriga yetishni boshlaysiz. Tejashni o'rganasiz. Bor imkoniyatlaringizga shukur qilishni boshlaysiz.

Piter Drukerni bir iqtibosi bor: "Olchab bo'lmaydigan narsani boshqarib ham bo'lmaydi"

Xulosa nima? 1. Bir odamni xolatini tushunish uchun, yoki bir instrumentni o'rganish uchun bir pog'ona pastga tushishni ham bilish kerak. 2.  Chegarasi yo'q narsani boshqarib ham bo'lmaydi. — samarali ishlash uchun ish vaqtini chegaralash — yaxshi uxlash uchun uyqu vaqtini belgilash — samarali pullarni boshqarish uchun ularni ishlatish mumkin bo'lgan hajmini chegaralash kerak.

Bu kanaldagi barcha fikrlar — shaxsiy. Siz ham shunday qiling demayman. Shaxsiy tajribam bilan bo'lishaman.

Asl postni Telegramda ochish →