Kanalga obuna
Hikoya · 10-noyabr, 2025

Draki: shaxsiy moliya uchun Duolingo

Muallif 50 ga yaqin moliya dasturini sinab, oʻzi uchun SI yordamida Draki ilovasini yasagan. Loyiha SQB hakatonining final bosqichida, qoʻllov kerak.

Pul sarflashga bermaydigan Ajdar-cha 🐉

Mana bu loyiha esingizdami?

YC'dan o'tolmadik, ammo yaqinda SQB boshlagan hakatonning 2-bosqichidan o'tdik. Oxirgi bosqich qoldi. Ertaga. 12 jamoa.

____

📜 Xullas Draki loyihasi tarixi bunday: 50 lab shaxsiy moliya dasturlarini test qilib chiqdim.

Har safar bir muammo. 2 soat kategoriya, dastur ichlarini sozlab chiqaman. 3 kun ishlataman, keyin esa oddiy taksi xarajatini kiritish uchun 100ta tugmalarni bosib chiqishga odam erinib qoladi. Kiritganda ham statistikalar, MOLIYAVIY QARORlarni o'zgartiradigan darajada vauv kartina bermaydi.

Oxiri shunchaki, Notes (Заметки)'ga kiritadigan bo'ldim.

Keyin vibecode degan termin chiqdi. Bu kanalda hali ancha vibecoding haqida ma'lumot beraman. Qiziqib dasturlar yasab boshladim, qarasam dastur yasashga ingliz tilini tushunish kifoya. Bir nechta shaxsiy dasturchalar yasab oldim.

Keyin miyyamda turgan shaxsiy dasturni o'zim uchun yasadim. YC yozgi halqasini e'lon qilganda, xuddi shu loyihaga o'xshaganlarini kutayotganini yozdi. 2-3 kunda maskot o'ylab topib, nom topib, sayt yasab, pitchdek qilib tashladik ) YC'ga topshirdik o'tolmadik.

O'zim Draki'ni 2 oydan beri stabil ishlatyapman. Undan oldin Wallet ishlatardim.

___

Loyiha o'zi haqida: Duolingo o'ynaganlar bormi? Draki'ni shaxsiy moliya uchun Duolingo desak bo'ladi.

Tasavvur qiling siz shaxsiy moliyangiz bilan xuddi bir odam bilan gaplashgandek gaplashsangiz, sizga "o'tgan hafta oyligingning 15% qismini taksiga ishlatding, bu turishda qachon haligi 100mln. so'mingni yig'asan!" deb bosim bersa, o'rgatishga harakat qilsa, sizning holatga mos real hozir qo'llash mumkin moliyaviy maslahatlar bersa...

Bizga hech kim pul bilan qanday muomala qilishni o'rgatmagan, lekin hozirgi zamonda SI buni qila oladi.

Draki bilan ana shunday loyiha qilmoqchimiz, videoda tushuntirganman.

___

Ertaga SQB hakatoni oxirgi kuni, sizdan qo'llov kerak.

Draki obuna narxini oyiga $9 qilmoqchimiz, 3 oyga 100k so'mga beryapmiz, menga o'xshab hali ham xarajatlarni Notes/Заметки'ga yozib yurgan bo'lsangiz ayni vaqti.

SQB hakatonida o'rin olsak, bizni g'alabamiz uchun qo'llaganlarga yana 3 oy qo'shib beramiz )

___

Video'da loyihamiz dasturini qanday ishlatish, ichida hozir nimalar bor, yaqinda nimalar qo'shishimizni tushuntirdim.

@bunyod_ish_akkaunt'ga yozavering

Asl postni Telegramda ochish →