Kanalga obuna
Qoʻllanma · 2-may, 2024

Kurs sotib olishdan oldingi cheklist

Koʻp kurs olib, birortasini tugatmaslik xatosi va uning yechimi: bitta kursni oxirigacha tugatish, undan pulni qaytarish va hissiyotga berilmaslik. Oʻrtacha yoʻl tavsiya etiladi.

2-qism

Agar hozir siz yosh mutaxassis bo'lsangiz, 500-700$ daromad topayotgan bo'lsangiz tez orada quidagi muammolarga duch kelasiz.

2. Endi rivojlanayotgan paytingizda yangi kurslar sotib olishga pulingiz bo'lmaydi, bepul kontentlar ko'rasiz, kichik va arzon kurslarni ko'rib o'rganib chiqasiz. Yaxshi pul ishlashni boshlaganingizda esa tinmasdan yangi kurslar sotib olish odati paydo bo'ladi.

Kurslarni sotib olasiz, ammo oxirigacha o'qimaysiz, yana olasiz lekin oxirigacha o'qimaysiz. Buni o'zimda va boshqa ko'p tanishlarimda kuzatganman.

✅ Yechim:

1. Bir kursni olgan bo'lsangiz oxirigacha 100% tugatmasdan keyingisiga o'tmang 2. O'sha kursni pulini o'zini kamida 5-10 barobar qilib chiqarib olmagunga keyingi kurs olmang. 3. Kursni tushinish va qo'llash uchun o'zingizga vaqt bering. (1-6 oy) 4. Kursdan maksimum foyda olishga xarakat qiling, barcha imkoniyatlardan foydalaning, kursda eng faol odam bo'ling. 5. Xissiyotga berilib kurslarni olmang. Aniq sizga kerak bo'lgan sizni hayotingizni o'zgartiradigan kurslar oling. (Kurs olishdan oldin 1 kun o'ylab ko'ring) 6. Alternativ kurslarni ko'rib chiqing. Yani shu pulga bundan ham yaxshiroq bilimlarni olsa bo'ladimi yoki yo'qmi degan savol bering.

Yana bir zo'r qoida: Kurs qancha turushi muhim emas, sizga qancha foyda olib kelishi muhim!

2023 yilda taxminan $10.000+ sarflardim kurslarga, 2018 yilda beri har hil kurslarni sotib olib kelaman. Olgan kurslarimning bir nechtasini oxirigacha bitirmaganman. Bu xulosalarni oldinroq eshitishni istar edim...

Kurs umuman olmayman, internetda bepul ma'lumot ko'p deganlar ham qattiq xato qiladi. Tinmasdan kurs oladiganlar ham katta xato qiladi.

O'rtada yurish kerak. Kerak paytda kerakli kurslarni o'qish, tushunish va amalda qo'llash kerak.

🗃 Bu cheklistni saqlab qo'ying kurs olishdan oldin o'qib chiqasiz

Asl postni Telegramda ochish →