Kanalga obuna
Roʻyxat · 2-noyabr, 2024

Frilansga chiqishdan oldingi sakkiz qadam

Frilansga chiqishdan oldin ish vaqtini belgilash, 3-6 oylik kapital yigʻish, kamida uch mijoz kanali topish va netvorking kerak. Shaxsiy brendga daromadning 10 foizini sarflash tavsiya etiladi.

Frilansga chiqishdan oldin quyidagi ishlarni bajaring. ✍️

1. Ishlaydigan vaqtingizni oldindan aniqlab oling. Aniq bo'lmasa → 24/7 ishlaydigan bo'lib qolasiz. [Misol uchun 5:00 - 13:00 gacha]

2. Eng kamida 3-6 oylik xarajatlarni qoplaydigan kapital bilan chiqing. Shunda siz → arzon buyurtmalardan voz kechib, qimmatga sota olasiz. [$3.000 - $6.000]

3. Eng kamida 3 ta sizga mijoz keltiradigan yo'llarni toping. 1 ta bo'lsa → bu usul keyinchalik eskirganda qiynalib qolasiz. [Target + Netvorking + Birja]

4. Eski mijozlaringizni fikrlarini yig'ib chiqing. Yangi mijoz olishga yordam beradi. [Video yoki sms]

5. Doim yangi bilimlarga investitsiya qiling. Bu → doimiy cheklarni va bilimni oshirishga yordam beradi. [Mentorlik, kurs, kitob, klub]

6. Netvorking sizga 60% buyurtmalarni olib keladi. Online/oflayn doim odamlar bilan tanishing. [Tadbirlar, klublar, IG]

7. Shaxsiy brend uchun har oy daromadingizni 10% sarflang. [Tg + IG + linkedin]

8. Bo'lib to'lashga, arendaga boshlang'ich 1 yil ichida narsa olmang. Fokusingizni olib qo'yadi.

Asl postni Telegramda ochish →