Kanalga obuna
Qoʻllanma · 23-mart, 2026

Frilansda daromad uchun sarmoyalar

Frilansda daromad qilishni boshlagach texnika, tashqi koʻrinish, dasturlar, ish joyi, bilim va netvorkingga sarmoya qilish kerak. Muallif oʻz xarajatlarini misol qiladi.

💻 Frilansda daromad. 16/30 qadam

Gain credibility & Productivity.

Frilansga chiqib, daromad qilishni boshlaganingizdan so'ng quyidagi ishlarni qilishingiz kerak bo'ladi:

1. Ishlatadigan texnikangizni maksimal darajada yaxshisiga yangilash. • Macbook • Iphone • Quloqchin (Air pords yoki air pods max)

2. Tashqi ko'rinish - odamlar birinchi tashqi ko'rinishingizga qarab xulosa qilishadi, so'ng gaplaringizni eshitishadi. (Qimmat kiyim emas, did bilan tanlagan kiyim kerak)

3. Ish jarayonida kerak bo'ladigan dasturlar uchun sarmoya qilish, mani misolimda: • Figma $20 • Adobe $24 • Freepick $34 • Claude $24 • Bevel $6 • Telefonda yaxshi tarif (ko'chada wi-fi qidirib yurmaslik uchun) • ChatGPT $20 • Loom $15 • va yana boshqa mayda dasturlar. (narxlarida biroz adashgan bo'lishim mumkin)

4. Agar uyda ishlasangiz: • Qulay ish stoli • Qulay kreslo • Xonada yaxshi yorug'lik • Tez internet

5. Agar ko'chada ishlasangiz o'zingizga mos yaxshi lokatsiya toping (eng afzali kovorking [manga Impact yoqadi])

6. Shaxsiy brendingiz uchun sarmoya qilish.

7. Yangi bilim uchun sarmoya kiritish (O'zingizga kerak bo'lgan Who'larni topish va ulardan foyda olish uchun) • Kitoblar • Kurslar • Biznes Clublar • Konsultatsiya

8. Netvorking uchun sarmoya qilish • Har hafta +1 yangi kontakt (sizga foydali bo'ladigan kontakt uchun)

Asl postni Telegramda ochish →