Arzon va qimmat mijoz farqi
Arzon buyurtma beruvchi mijoz bilan qimmat mijozning farqlari sanalgan va qimmat mijoz olish uchun 5 ta qadam berilgan.
Tajribam bilan bo'lishaman.
2019 yilda birinchi pullik buyurtma bajarganman va bugungi kungacha shu dizayn sohasida buyurtmalarni bajarib kelaman.
100$ mijoz bilan ham 5000$ mijoz bilan ham ishlaganmiz.
Postni o'qishdan oldin bir narsani tushuning.
100$ lik ish uchun 100$ berish boshqa narsa 200-400$ lik ish uchun 100$ berish boshqa narsa
Ularning orasidagi farq juda katta.
Arzon buyurtma: 1. Pulni vaqtida bermaydi, cho'zib yuradi 2. O'zi kam pul berib ham chegirma so'raydi 3. Vaqtingizni qadriga yetmaydi 4. Sizga ishchidek/ba'zilari quldek qaraydi. 5. O'zini sizdan ancha aqlli deb o'ylaydi, unday bo'lmasada. 6. Juda ko'p fikrlari o'zgarib qoladi. 7. Aniq nima xoxlayotganini bilmaydi 8. Ishda juda ko'p muammo chiqadi. 9. Har bir qadamga aralashadi 10. Oxirida qilgan ishingiz ham yoqmaydi 11. Pulini umuman ola olmay qolish ehtimoli ham baland
Qimmat buyurtma: 1. Sizga ishonadi, ishingizga aralashmaydi 2. Pulni o'z vaqtida kechiktirmasdan beradi 3. Ko'p savol bermaydi 4. Ko'p o'zgartirish kiritmaydi 5. Ish juda tez va silliq o'tadi 6. Nima xoxlayotganini aniq biladi. Aniq "TZ" bo'ladi 7. Sizdan 100% kafolat so'ramaydi, chunki buni iloji yo'qligini yaxshi biladi.
Bu hamma mijozlarga ta'luqli emas, yaxshi mijozlar bor, yomon mijozlar bor. Lekin 60% dan ko'p xolatlarda shunday bo'ladi. Yuqoridagi post ostida ham bunga o'zinigiz guvoh bo'lsangiz bo'ladi.
Nima qilish kerak qimmat mijozlar olish uchun?
1. Tajribangizni oshiring (eng kamida 6 oy agar har kuni 8-10 soatdan ishlasangiz yoki 12 oy bemalol ishlasangiz) 2. Bilimingizni oshiring. (Domiy ko'nikmalaringizni rivojlantirishga sarmoya kiriting) Qilayotgan ishingiz olayotgan pulingizga mos bo'lishi kerak. 3. Asta sekin xizmatlaringizga qiymat qo'shing. Bu narxni oshirishga yordam beradi. 4. Kuchli mutaxassis bo'lganingizdan so'ng (2-3 yil tajriba) arzon mijozlardan voz keching. Belgilangan minimal narxingiz bo'lishi kerak. 5. Sizni xizmatingizni qimmatga sotib olishiga sabab bo'lishi kerak. - keyslar - upakovka - o'zingizni natijalaringiz (moliyaviy) - berayotgan taklifingiz - boshqalarda yo'q xizmatlaringiz, ustunliklaringiz - ish sifati - tezlik - sotuv ko'nikmalaringiz - ishontirish ko'nikmalari - sotuv voronkangiz - mijozlar bilan ishlash ketma-ketligi - bozordagi pozitsiyangiz - shaxsiy brendingiz - TOP mijozlar bilan ishlaganinigiz
Postni frilanser tanishlaringizga yuboring va o'zinigiz ham amaliyotga qo'llang.
Asl postni Telegramda ochish →