Kanalga obuna
Roʻyxat · 9-dekabr, 2024

Xarajatsiz daromadni oshirishning 5 usuli

Ijtimoiy tarmoqqa limit, avval hajm keyin narx, super kuch, sherik va sevgan ishni qilish daromadni oshiradi. Xulosa shularning aksidan kelib chiqqan.

Ortiqcha xarajatlarsiz daromadingizni oshirishni 5 ta usuli:

1. Ijtimoiy tarmoqlarga limit. [ 📱 📱 📱 📱 📱 ] Do'stingizdan telefoningizdagi ijtimoiy tarmoqlarga parol o'rnatib 1 soat limit qo'yishini so'rang. Eng kamida qo'shimcha ish qilish uchun 2 soat vaqtingiz paydo bo'ladi.

2. 0 dan 1 yaxshi. Agar hozir siz bilan ishlash uchun mijozlar navbatga turmayotgan bo'lsa o'zingizni katta olib qimmat sotishga xojat yo'q. Sizga murojat qilayotgan hamma loyihalarni oling va bajaring. Arzon bo'lsa ham, qimmat bo'lsa ham farqi yo'q. Doimiy qo'lingizda loyiha bo'lishi kerak. Mijozlar to'lib toshib ketsa narxni oshirasiz.

Bu nima beradi: 1. Ko'p loyihalar 2. Katta tajriba 3. Ko'p mijozlar 4. Ko'p tavsiyalar 5. Mijozlarning ishonchi

3. Super kuchni rivojlantiring. — Ish vaqtlarida 1 daqiqa chida javob berish (asistent olish mumkin o'rningizga) — umuman deadlinelarni o'tkazib yubormaslik (ishni deadlinedan oldin bitirish) — mijoz uchun bonus xizmatlar (o'zinigiz tashabbus ko'rsatishingiz) — sohangizda #1 bo'lish — o'ta tizimli ravishda ishlash (mijoz siz bilan ishlab mazza qilishi)

4. Ishinigizga sherik olish — har bir loyiha daromadidan bir qismini ehson qilish

5. Yaxshi ko'rgan ishignizni qiling. Sohangizni mayda hech kim bilmaydigan nuqtalarigacha o'rganing. Shunda qiziq inson bo'lasiz. Shunda odamlar sizga qiziqadi. Shunda sizga o'z loyihalarini ishonib topshirishadi.

Bu xulosani aslida shu 5 ta narsani aksini qilib daromadimiz tushib ketayotganidan tushunib yetdim.

Siz ham shunday usullarni bilsangiz izohlarda yozib qoldiring.

Asl postni Telegramda ochish →