Kanalga obuna
Roʻyxat · 5-noyabr, 2025

Frilansdagi 5 ta asosiy qoida

Deadline, kommunikatsiya, yechim olib kelish, bonus berish va kam, lekin qimmat loyihaga intilish mijozlarni saqlab qoladi. Bu qoidalarni buzish mijozni yoʻqotishga olib keladi.

💻 Frilansda $1000 daromad. 4/30 qadam.

Frilansdagi qoidalar.

Hozir noldan frilansga kirsam shu qoidalarni birortasini buzmagan bo'lar edim.

Bu qoidalarga amal qilish qo'shimcha mijozlar. Ularni buzish mijozlarni yoqotishga olib keladi.

Buni hali ish boshlamasdan avval tushunib yetishinngiz kerak.

Bu qoidalarni o'z vaqtida bilmaganim manga qancha zarar va stress olib kelganini tasavvur hal qila olmaysiz.

1. Deadline — sizning reputatsiyangiz. Ishdagi eng muhim narsa. O'rtacha sifatdagi, lekin vaqtida topshirilgan loyiha, ideal lekin kech qolip topshirilgandan 5-10 barobar qiymatli.

2. Kommunikatsiya — jimlik eng katta dushman. Mijozga aloqaga chiqsangiz - mijoz sizdagi 1 ta muammoni ko'radi. Aloqaga chiqmasangiz — miyasida 10 ta gumon bo'ladi. Ideal variant - har kuni mijozga xisobot berish.

3. Stress emas yechim olib keling. Mijozlar uchun xizmat sotib olish — alohida bosh og'riq bo'lib qolga. Deadline, kelishmovchilik, to'lovlar va hokazo. Ishingizni shunday tartibga solingki mijoz siz bilan ishlab, xursandchilikda, rozilikda pul bersin.

4. Hamma kutilgandan kam berayotgan bir paytda, siz qo'shimcha bonuslar bering. - kichik maslahatlar - qo'shimcha variant - takliflar - yordam - mini sovg'alar. Bularni barchasi sizni mijozning esida qoldiradi.

5. Tajriba ortgan sayin sizda tezlik oshadi, shunda siz ko'p loyiha olishga emas, kam loyiha, lekin qimmatroq bo'lishiga intiling. Tez ishlash ko'nikmasini, o'rniga o'ta sifatli ish qilish ko'nikmasini rivojlantiring.

Bu challengeni do'stlaringizga ham yuboring. Bu yo'lni birga bosib o'ting.

#frilanser

Asl postni Telegramda ochish →