Kanalga obuna
Roʻyxat · 25-oktabr, 2026

AI olib qoʻya olmaydigan 5 ta koʻnikma

Taste, soha ekspertizasi, masʼuliyat, asoslab berish va ishonch AI oʻrnini bosa olmaydigan koʻnikmalar. AI ishni arzonlashtiradi, shuning uchun tanlay oladigan va javob bera oladigan mutaxassis qimmatlashadi.

AI olib qo'ya olmaydigan 5 ta ko'nikma:

1. Taste (did): AI 100 ta variant beradi. Qaysi biri pul olib kelishini tanlash uchun o'sha xatolarni o'zingiz qilib ko'rgan bo'lishingiz kerak.

2. Domain expertise: instrumentni hamma biladi. Uni qayerda ishlatish, qayerda ishlatmaslikni faqat sohada yillar o'tkazgan odam biladi.

3. Ownership (mas'uliyat): mijoz ish uchun emas, javobgarlikni bo'yningizga olganingiz uchun pul to'laydi. Xato chiqsa AI javob bermaydi, siz javob berasiz.

4. Asoslab berish: generatsiya qilishni hozir hamma biladi. "Nega aynan shunday?" degan savolga javob bera oladigan odam esa kam. Mijozning ishonchi aynan shu javobda.

5. Netvorking, sotuv, reputatsiya: ishonch promptdan chiqmaydi. U yillar davomida bajarilgan va'dalardan yig'iladi.

Lekin aslida eng qizig'i boshqa joyda. AI ishni arzonlashtirdi. Ish arzonlashsa, oddiy ijrochi ham arzonlashadi. Qimmatlashadigan yagona odam: tanlay oladigan va javob bera oladigan mutaxassis.

O'rningizni AI emas, AI bilan ishlay oladigan boshqa odam egallaydi. Shuning uchun o'rniga odam topish qiyin bo'lgan mutaxassisga aylaning.

Asl postni Telegramda ochish →