Natijaga chiqqan oʻquvchilarning 5 sifati
Dizayn orqali pul ishlagan 30 oʻquvchi va ishlamagan 30 oʻquvchini ajratib turadigan sifatlar sanaladi: mustaqil fikr, deep work, uzoq muddatli qarash, doimiy oʻrganish va harakat. Muallif oʻquvchilardan qoʻshimcha sifatlarni ham soʻraydi.
Nima uchun kimdir natijaga chiqadi, kimdir esa chiqmaydi?
Taxminan 30+ o'quvchilarim dizayn orqali pul ishlashgan, qolgan 30 tasi boshqa yo'nalishga o'tib ketgan yoki umuman ishlamagan. Ularni ajratib turadigan yaqqol sifatlar bor. Bu sifatlarga ega bo'lsangiz sizning ham daromadga chiqish ehtimolingiz oshadi!
G'oliblar sifatlari:
1. Mustaqil fikrlash. Natijasi uchun faqat o'zi javobgarligini, o'zidan boshqa hech kim u inson uchun ishlamasligini yaxshi biladi. Robotga o'xshab faqat berilgan vazifalarni qilmaydi, o'zidan har hil yangiliklar, fikrlar beradi, mustaqil juda ham ko'p ma'lumotlarni o'rganadi. O'zining shaxsiy fikriga ega.
2. Deepwork. Ishlaydi, ishlayapman, xarakat qilyapman deb o'zini o'zi va boshqalarni aldab yurmaydi. Aytilgan ishni bajaradi. 100 ta mijozga yoz deyildimi yozadi. Bahona qidirmaydi. Kuniga 4 soat ishlash kerak deyildimi ishlaydi. Har kuni ishlaydi. Frilans bu o'yinchoq emas, katta riskligini biladi. Bir kun to'xtab qolsa yutqazishini juda yaxshi biladi.
3. Bu sohaga vaqtinchalik ish deb qaramaslik. Ko'pchilik biroz ishlab oyoqqa turib olib keyin boshqa ish qilaman deb kurslarda qatnashishadi. O'shalar "Loserlar". Bunaqa fikrlash bilan 100$ ham ishlay olmaysiz, kamida shu yo'nalishda 6 oy tekinga bo'lsa ham ishlashga tayyor bo'lib kelish kerak. Sohada ekspert bo'laman, ishni top sifatda qilaman degan odam yutadi.
4. Doim ilm olish. Eng axmoq odam — man hamma narsani bilaman degan odam. O'shalar bir nuqtada qotib qoladi. Yangi narsalarni o'rganmaydi. Sohangiz bo'yicha hech bo'lmasa 3 ta kitob o'qishingiz kerak. 1 ta kursda o'qib o'zingizni ekspert deb nomlamasdan. O'qiyotgan sohangiz muhitiga tushishingiz kerak. Shu sohada — podcastlar ko'rish — ekspertlarni kuzatish — sohangizdagi Ronaldo va Messini tanishingiz kerak — shu yo'nalishdagilar bilan muloqot qilish — kitoblar o'qish — shu yo'nalishdagi videolar va kinolarni ko'rish
5. Akulaga o'xshash kerak. Akula doim xarakatda bo'lishi kerak, xarakat qilmasa o'ladi. G'olib o'quvchilar ham doim xarakatda bo'ladi. Har kuni dizayn qiladi, mijoz qidiradi, mijoz bo'lmasa tekinga ishlaydi, pulli loyiha chiqsa qo'rqmasdan oladi, ish bo'lmasa dars qiladi, darsni tugatsa netvorking qiladi, oflayn uchrasha olmasa onlayn tanishadi. Natijaga chiqmaganlar — o'lik akulalar.
Siz yana qanday sifatlar haqida bilasiz? Fikrimga qo'shilasizmi?
Agar post 50 reaksiya yig'sa keyingi postda 2-3 qismlarini yozaman.
Asl postni Telegramda ochish →