Kanalga obuna
Roʻyxat · 23-iyul, 2025

Mijoz yoʻq, pul yoʻq deyishning haqiqiy sabablari

Ish va yaxshi mijozlar koʻp, lekin ularni olmayotganlarda bir xil muammolar bor: ustalik yoʻqligi, intizomsizlik, oʻqimaslik va ijtimoiy tarmoqqa ketadigan vaqt. Yechim: telefonni oʻchirib, deep work qilish va sohada TOP mutaxassisga aylanish.

Birodarlar, do'stlar ish ko'p, loyihalar ko'p.

Yaxshi mijozlar ko'p.

Telefonni o'chirish, har kuni bir joyda o'tirib deep work qilish, sohangizda TOP mutaxassis bo'lish kerak bo'ldi.

Man tushunmayman mijoz yo'q, pul yo'q deb yurgan odamlarni.

Shularni hammasida quyidagi muammo bor:

1. Ishini ustasi emas, yoki chala ishlaydi yoki sifatsiz yoki sekin ishlaydi. 2. Qo'lidan ko'p narsa kelmaydi lekin xizmatini narxi osmonda 3. Bir kunda o'tirib 2 soat ham ishlamaydi 4. Mijoz qiidirish uchun hech narsa qilmaydi 5. Bir kitobni qo'liga olib o'qimaydi 6. Bir kursda o'qimaydi yoki o'qisi oxirigacha bitirmaydi 7. O'zi mijoz yo'q, pul yo'q, lekin instagram/youtubega 6-7 soat vaqt bor.

Sanasam sabablarni sanog'i yo'q.

Hamma narsani to'xtatib, uyda yoki ofisda qamalib o'tirib ishlash kerak, o'qish kerak!

Qani edi ishlayman, o'qiyman degan mardlar bo'lsa tekinga o'rgatar edim, lekin afsuski tekin narsani qadriga yetishmaydi, 1 haftaga bormasdan qochib ketishadi.

Asl postni Telegramda ochish →