Chuqur fokus rejimiga oʻtish usullari
Miya taxminan 21 daqiqadan keyin chuqur fokusga kiradi, shuning uchun boshlangʻich daqiqalarga chidash kerak. Post 9 ta amaliy usulni beradi: joy, telefon, timer, tayyorgarlik, 90 daqiqalik deep work va pomodoro.

Qanday qilib miyyani chuqur fokus rejimiga o'tkazish mumkin?
Odamlarning miyyasi 21 daqiqa davomida bir narsaga fokus qaratgandan so'ng, faol chuqur fokus rejimiga o'tadi. Buni "deep work" yoki "flow state" degan nomlari bor.
Kitob o'qish, dars ko'rish yoki ishlashni boshlaganingizda shu boshlang'ich 20 daqiqaga chidash kerak, o'zingizni majburlashingiz kerak. Shundan so'ng miyyangiz butunlay shu qilayotgan ishingizga fokus qaratadi va faol ishlashni boshlaydi.
Endi ko'pchilik shu boshlab olishga qiynaladi, buni yengish uchun o'zim ishlatadigan usullarni yozaman.
1. Joy — juda muhim. - tinch - toza - odam kam yoki umuman yo'q - sizni hech kim chalg'itmaydi - yoruq - yaxshi internet - qulay stol/stul - xojat xonasi toza
2. Telefonni ko'zga ko'rinmaydigan joyga qo'yish (Airplane rejimiga qo'yish)
3. Charchaganingizda shu postni o'qish
4. Timer bilan ishlash. Har bir vazifa uchun deadline belgilash
5. Chalg'imaslik uchun hamma kerakli narsalarni yoningizga olib kelib tayyor qilib qo'yish - suv - quvvatlagich - daftar/ruchka - quloqchinlar
6. Ultradiumdan boshlab → pomodoroga o'tish. Yani birinchi 90 daqiqalik deepwork, so'ng 25 daqiqadan.
7. Atrofda chalg'ituvchi ovozlar bo'lsa quloqchin taqib, dengiz, olov yoki yomg'irni ovozini yoqib qo'yish.
8. Ishlashga o'zingizni majburlash, xoxlasangiz ham, xoxlamasangiz ham. Sizning o'rningizga hech kim ishlamaydi, pul osmondan yog'maydi. Baribir qilishingiz kerak shu ishlarni.
9. Ishni qilganingiz uchun o'zingizni nima bilandir taqdirlash. O'sha ishga yarasha.
Asl postni Telegramda ochish →