Soft skills davomi: yoʻq deyish va deep work
Soft skillsning 8-10 punkti: yoʻq deya olish, chuqur ishlash va chuqur oʻrganish. Har biriga kitob va kundalik amaliyot berilgan.
8. Yo‘q deya olish 🙅♂️ O‘zingiz uchun muhim bo‘lmagan narsalarga “yo‘q” deb aytish qobiliyati, resurslaringizni samarali boshqarish.
Qanday rivojlantirish: - Shaxsiy chegaralarni belgilashni o‘rganish. - Asosli rad javoblari uslublarini o‘rganish. Kitob: "The Power of No" — James Altucher. Эссенциализм (O'zim o'qiganim) Amaliyot: - Har kuni kamida bir marta o‘zingiz uchun ahamiyatsiz narsaga “yo‘q” deyish. - Vaqtni boshqarish rejasiga qat’iy rioya qilish.
9. Deep Working 💻 Diqqatni chalg‘itmasdan yuqori darajada mahsuldorlik bilan ishlash qobiliyati.
Qanday rivojlantirish: - Fokusni oshirish texnikalarini o‘rganish (Pomodoro, monotasking). - E’tiborni chalg‘itadigan narsalarni minimallashtirish. Kitob: "Deep Work" — Kal Nyuport. Dan Koe YouTube (O'zim o'qiganim) Amaliyot: - Har kuni 1-2 soat chuqur ishlash vaqtini ajratish. - Chalg‘ituvchi vositalarni o‘chirib qo‘yish.
10. Deep Learning 📖 Biror sohani chuqur o‘rganish orqali bilim va tajriba orttirish qobiliyati.
Qanday rivojlantirish: - O‘rganish uchun vaqt ajratish va muntazamlik. - Yangi materiallarni o‘zlashtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. Kitob: "Make It Stick" — Piter Braun. Amaliyot: - Har kuni yangi bir mavzuni chuqur o‘rganish uchun vaqt ajratish. - O‘rgangan narsani boshqalarga tushuntirish.
🔥 bosing va saqlab qo'ying!
Asl postni Telegramda ochish →