Kanalga obuna
Roʻyxat · 4-noyabr, 2025

Frilanser kodeksi: kundalik qoidalar

Frilansda natijani eng aqlli emas, eng intizomli odamlar topadi. Post har kunlik ish tartibi va 7 ta kodeksni beradi.

💻 Frilansda $1000 daromad. 3/30 qadam.

Frilanser kodeksi.

Frilans - bu pul topish usuli emas, bu xayot tarzi. Bu yerda natijaga eng aqilli odamlar emas, eng intizomli odamlar chiqadi.

Birinchi natijaga chiqish uchun har bir ish kuningiz 3 ta qismdan iborat bo'lishi kerak.

1. Ilm olish 2. Amaliyot 3. Mijozlar bazasini shakllantirish.

Kuniga 2 soat ishlab 1000$ ishlayman deb o'ylayotgan bo'lsangiz - chuchvarani hom sanabsiz)).

Sizlar bilan shogirdlik dasturimda bo'lishadigan ba'zi kodekslar bilan bo'lishaman.

1. Har kuni eng kamida 1-3 ta potensial mijozlarni topish kerak. Siz huddi lokatorga o'xshab har doim mijozlar qidirishingiz kerak.

2. Asosiy fokusni sizga mijoz olib keladigan odamlarga qaratish kerak - b2b hamkorlar.

3. Go first - siz hech kimga kerak ham, qiziq ham emassiz toki sizni odamlar tanib olishmaganicha. Shuning uchun iloji boricha ko'p odam sizni tanishi kerak.

4. Har kuni kamida 3 ta pomodoro (50 daqiqadan) amaliyot qilish shart, majbursiz.

5. Har kuni kamida 1 ta yangi instrument o'rganish shart.

6. Sizni to'g'ri kun tartibingiz, hamma ishlaringizdan muhim bo'lishi kerak. Chunki bir kun uxlamasdan ishlab, 3 kun o'zingizga kela olmaysiz.

7. Yaxshi stabil daromadga chiqmaguningizgacha hamma loyihalarni puliga qaramasdan olish kerak.

Qolgan qoidalar ham qiziqmi?

Bu challengeni do'stlaringizga ham yuboring. Bu yo'lni birga bosib o'ting.

#frilanser

Asl postni Telegramda ochish →