Kanalga obuna
Roʻyxat · 3-noyabr, 2025

B nuqtani aniqlash: $1000 ga tayyorlanish

Maqsad $1000 topish emas, shu daromadga munosib inson boʻlish. Buning uchun 10 savol orqali B nuqtani aniq tasvirlab, shunga fokus qilish kerak.

💻 Frilansda $1000 daromad. 2/30 qadam.

B nuqtani aniqlash.

Zo'r lekin kambag'al mutaxassislarni umuman uchratmaganman.

Maqsad $1000 daromad emas, $1000 daromadga munosib inson bo'lish. Odamlardagi maqsad "bo'lish" o'rniga "erishish" bo'lib qolganligi uchun ko'plab soha egalari qo'yilgan maqsadga chiqa olishmaydi.

Siz B nuqta haqida aniq tasavvurga ega bo'lishingiz kerak. Bu nuqtani aniq ta'rifi bo'lishi kerak.

$1000 daromad uchun: 1. Qanday fikrlashim kerak 2. Qanday soft/hard ko'nikmalarim bo'lishi kerak 3. Qilgan ishlarimning darajasi qanday bo'lishi kerak (referens bilan) 4. O'rtacha chekim qancha bo'lishi kerak? 5. Bitta loyihani qancha muddatda tugatishim kerak? 6. Kuniga necha soat ishlashim kerak? 7. Kun tartibim qanday bo'lishi kerak? 8. Lidogeneratsiya uchun nimalar kerak 9. Qanday atrof muxit bo'lishi kerak? 10. Qaysi bilimlar/kitoblar/instrumentlarni bilishim kerak?

Shu ro'yxat shakllangandan so'ng, ularni o'zlashtirishga fokus qaratsangiz, siz hohlasangiz ham, hohlamasangiz ham o'sha daromadga chiqasiz.

Mijozlar o'zi keladigan mutaxassis bo'ling.

Agar sizda bu ro'yxat oldindan shakllanmagan bo'lsa — katta daromad siz uchun faqat orzu bo'lib qoladi.

Bu challengeni do'stlaringizga ham yuboring. Bu yo'lni birga bosib o'ting.

#frilanser

Asl postni Telegramda ochish →