Frilansda $1000: A nuqtani aniqlash
Daromadga chiqishdan oldin hozir turgan nuqtani tahlil qilish kerak: daromad, muhit, ogʻriqlar, resurslar, koʻnikmalar va kun tartibi. Bu har qanday sohada birinchi qadam.
💻 Frilansda $1000 daromad. 1/30 qadam.
A nuqtani aniqlash. 1-qadam.
B nuqtaga borish uchun, birinchi qayerda turganingizni aniqlab olishingiz kerak. Bu faqat dizaynda emas, har qanday sohada ishlaydi.
Narxi 70$ dan boshlab sal kam $7000 gacha bo'lgan kurslarda o'qigan bo'lsam, deyarli hammasida birinchi qadam — hozirgi turgan nuqtangizni tahlil qilishdan boshlanadi.
Faqat instrumentlar orqali daromadga chiqib bo'lmaydi. Birinchi navbatda siz fikrlashingizni o'zgartirishingiz kerak. Buning uchun qaysi nuqtada turganingizni bilishingiz kerak.
Hoziroq notion / qog'ozni olib quyidagilarni tahlil qiling:
1. Daromadingiz 2. Atrof-muhit tahlili 3. Og'riqlar/muammolaringiz ro'yxati 4. Hozirgi maqsadlaringiz 5. Resurslaringiz 6. Ko'nikmalaringiz 7. Aktivlaringiz (pul, ofis va hokazo) 8. Kun-tartibingiz 9. Resurslaringizni olib qoyayotgan narsalar
So'ng o'tirib yaxshillab o'ylab chiqing bu ma'lumotlarni o'sishingiz uchun qanday ishlatish mumkin?
Masalan: Resurslar tezroq o'sishga yordam beradi Og'riqlar tezroq ishni boshlashga yordam beradi.
Keyingi qadam esa B nuqtani aniqlash bo'ladi.
Bu challengeni do'stlaringizga ham yuboring. Bu yo'lni birga bosib o'ting.
#frilanser
Asl postni Telegramda ochish →