Kanalga obuna
Qoʻllanma · 30-noyabr, 2024

Frilansni noldan boshlash: 15 qadam

Yosh talaba uchun frilans bozoriga kirish yoʻli: yoʻnalish va mentor tanlash, oʻqish, amaliyot, 5 ta loyiha, upakovka, mijoz topish kanallari va chekni oshirish. 6 oyda 500 dan 2000 dollargacha chiqish mumkin.

Frilansni noldan boshlash: 15 qadam

Savol: Man yosh studentman Frilansda yonalishlar kopku qaysi biridan qay tarzda boshlashi bilmayapman (ya`ni frilans bozoriga qay tarzda kirib) pul topishi boshlash mumkun yol yoriq korsatvoring ?

Javob.

Qadamlar: 1. Yo'nalish toping [Eng top yo'nalishlar ro'yxati]

2. Mentor toping (Instagram, linkedin, tanishlar orqali, tavsiyalar orqali) - mentoringiz eng kamida siz hohlayotgan summani 6 oydan beri ishlab kelayotgan bo'lishi kerak - mentorda dars berish qobiliyati bo'lishi kerak

3. 2 oy o'qing (Pulli yoki bepul kurslarda); - pulli kurslarda o'qigan samaraliroq - bepul resurslar (youtube, chatGPT, google, telegram kanallar)

4. 1 oy amaliyot (bepul + pulli); - ko'nikmalaringizni TOP darajaga olib chiqish uchun 1 oy tinimsiz amaliyot qiling.

4. 5 ta TOP loyihani amalga oshiring;

5. Ularni upakovka qiling; - Sizning yo'nalishingizda keyslar qayerda va qanday formatda turadi? O'sha yerda upakovka qiling. (Notion, Youtube, Telegram, Behance, Pinterest, Instagram, PDF, Sayt)

6. Amaliyotga o'tganingizda loyihalaringizni blogda ko'rsating 📱 📱 - Blogingizda ishlaringizni ko'rsating

7. TOP 5 da mijozlaringizdan fikrlarini oling

8. Ulardan tavsiya so'rang. - mijozlaringiznidan sizni boshqalarga tavsiya qilishlarini so'rang

9. Daromadingizni 10% mijoz topishga sarmoya qiling - target, tavsiyalar uchun, bloglarda reklama

10. Daromadingizni 10%-20% shu sohangizni o'rganish uchun sarflang. Kurslar, kitoblar, mastermindlar, klublar

11. Eng kamida 3 ta mijoz topish kanallarini yarating. (Target, hamkorlar, Birjalar)

12. Shu ko'nikmalarni o'rganing [Abdulhamid do'stimizning blogida] [Anvar do'stimizning blogida]

13. Sohangizdagi TOP ekspertlarni kuzating va ular bilan tanishing.

14. 15-20 ta TOP keyslardan so'ng chekni oshirishni boshlang 20%-30% ga.

15. Shu blogdagi eng foydali postlarni o'qib chiqing (postlar)

Bu qadamlar yaqin 6 oy ichida sizni xarakatingizdan kelib chiqib $500-$2000 gacha olib chiqadi.

Postni frilanser do'stlaringizga yuboring va saqlab qo'ying. 🚀

Asl postni Telegramda ochish →