Kanalga obuna
Qoʻllanma · 22-dekabr, 2024

Network share: tanishlarning tanishlariga sotish

Mijoz topishning kuchli usuli: avval tanishlarga, keyin ularning tanishlariga xizmatni sotish. Bu jarayon tasodifiy emas, aniq reja bilan boʻlishi kerak.

Network share — boshqalarning "netvorking"gidan samarali foydalanish.

Bu instrumentni juda ko'p insonlar yoki bilmaydi, yoki ishlatishmaydi.

Misol uchun siz frilanser dizaynersiz. Mijoz topishning eng zo'r usullaridan biri — netvorking.

1-qadam. Shaxsiy tanishlaringiz orasidan mijozlarni topib ularga xizmatlaringizni sotish.

2-qadam. O'sha tanishlaringizning tanishlariga xizmatlaringizni sotish.

Ularni qanday topish mumkin?

- kursdoshlaringizni ota-onasi yoki qarindoshi yoki do'stlari sizning potensial mijozlaringiz bo'lishi mumkin.

- sinfdoshlaringizning tanishlari

- onlayn yoki oflayn kurslarda o'qisangiz, u yerdagi tanishlaringizdan mijoz topish mumkin.

- agentlik egalari yoki klublarning tashkilotchilari yoki boshqa tadbirkorlar bilan tanish bo'lsangiz ular obuna bo'lgan yoki birga ishlaydigan insonlarini topib o'z xizmatingizni sotishingiz mumkin.

Bu yerda "network share" terminini ma'nosi nima desa siz tanishlaringizning tanishlariga o'sha tanishingiz orqali aloqaga chiqishingiz kiradi.

Bu jarayon tasodifan emas, balki aniq reja bilan amalga oshishi kerak va bu ko'nikmani o'zingizda rivojlantirishingiz kerak!

Asl postni Telegramda ochish →