Mijoz topishning qiymat berish yoʻli
Akkauntni tayyorlab, yaxshi keyslarni joylab va storiesda mijozlarga qiymat berib, ular oʻzi sizni topadi. Bu DM yozishdan samaraliroq.

Mijoz topish yo'lini o'rgataman.
Bu qiyin yo'l lekin, katta ehtimol bilan ishlaydigan yo'l. Undan oldin bir voqeani aytib beraman.
Bir dokondan narsa olgan edim, keyin shu narsani qo'yib instagram storiesda dokonni belgiladim. Dokon egasi storiesni ko'rgan. Sahifamga kirgan, sayt yasashimni ko'rgan. Asror akani keyslarini ko'rgan, ularga yoqib qolgan, so'ng ko'rib turganingizdek shu yerga uchrashuvga chaqirishdi.
Xulosa nima?
Mijoz topmoqchi bo'lsangiz: 1. Akkauntingizni tayyorlab qo'ying. (Sizni uyaltirmaydigan bo'lsin) 2. Yaxshi keyslaringizni joylang. 3. Storiesda mijozlar uchun qiymatli narsa bering (man ularni reklama qildim so'ramasa ham, ularga narsa sotish niyatim ham yo'q edi aslida)
Qiymatli narsa nima bo'lishi mumkin? • tayyor muammosiga yechim • eski sayti bo'lsa redizayn / rerayt • sayti bo'lmasa birinchi 1-2 ta ekranni dizayni • ular qilayotgan xatolarni tahlil qilish ko'rsatish va hokazo.
✍️ Har qanday sohaga adaptatsiya qilsa bo'ladi. DM xabar yozishdan samarali chunki ularni ko'pchilik o'qimaydi.
Asl postni Telegramda ochish →