Maket emas, yechim sotish
Frilansda tayyor topshiriq yoʻq, mijoz natija uchun pul toʻlaydi. Natijaga tahlil, foydalanuvchini tushunish, kontekst va kommunikatsiya taʼsir qiladi.
💻 Frilansda $1000 daromad. 5/30 qadam.
Maket emas yechim sotish. Business Mindset.
Ofisda ishlaganingizda sizga tayyor buyurtmalar keladi, tayyor TZ keladi. Siz tayyor bajarilgan ish uchun / maket uchun pul olasiz.
Lekin frilansda sizga hech kim tayyor topshiriq bermaydi. Siz o‘zingiz muammo topasiz, savol berasiz, tahlil qilasiz va yechim taklif qilasiz. Shu sababli sizga natija uchun to‘lashadi.
Natijaga nima ta'sir qiladi?
1.Tahlil. Biznesni tushunmasangiz - dizayn foydasiz bo‘ladi. - maqsadli auditoriya - JTBD - Raqobatchilar tahlili - Marketing - Brif o'tkazish - SPIN tushunishingiz kerak bo'ladi/
2.Foydalanuvchini tushunish. Har bir sayt - mijozlar uchun. Cust-dev - potensial mijozlarni o'rganishni tushunish kerak. - ularni og'riqlari - muammolari - maqsadlari - qadriyatlari - triggerlar.
3.Kontekst. Dizayn hech qachon bo‘sh joyda ishlamaydi. U reklama, brend, kontent, strategiya bilan bir tizimda ishlaydi. - dizayn qayerda ishlatilishi - trafik qayerdan kelishi - qanday turdagi trafik kelishini tushunish kerak.
4.Kommunikatsiya. Natija — bu hamkorlik. Mijoz bilan gaplasha olmasangiz, eng zo‘r dizayn ham ishlamaydi.
Bu challengeni do'stlaringizga ham yuboring. Bu yo'lni birga bosib o'ting.
#frilanser
Asl postni Telegramda ochish →