Frilans haqidagi oʻzgacha haqiqatlar
Frilansda daromad kafolati yoʻq, pul boʻlib-boʻlib tushadi, hamma rolni oʻzingiz bajarasiz va ofisdagidan koʻproq intizom kerak. Maqsad sizni qoʻrqitish emas, jozibador koʻrsatilgan hayotning ikkinchi tomonini koʻrsatish.
Frilans haqida sizga hech kim aytmaydigan xaqiqatlar.
1. Oddiy ishda ishlaydigan odamlarning hech qaysi birida kun tartibi bilan bo'gliq muammo yo'q, har kuni 8 soat ish kuniga ega. Frilansdagilar esa real 2-3 soat ishlaydi, lekin 12-13 soat yoki ofisda yoki ko'chada yuradi. Ishi umuman tugamaydi. Buning asosiy sababi uni hech kim vaqtida ishlamagani uchun yoki ish joyida bo'lmagani uchun urushadigan yoki ishdan bo'shatadigan odam yo'q.
2. Frilansda ishlaydiganlarda doimiy xavotir bo'ladi, chunki hech kim unga daromad uchun kafolat bermaydi. Doim yangi mijozlar bilan gaplashish, ularga xizmatlarni sotish bilan band bo'lish kerak.
3. Pul yig'ish juda qiyin va har hil narsalarga ketib qoladi. Oylik bittada katta pul bo'lib tushadi. Frilansda esa qismlarga ajralgan xolda pul olasiz.
4. Mijozlar pullarni kechiktirib berishi yoki umuman bermasligi mumkin, har hil fors major xolatlar bo'ladi. Siz pul olishingizga 100% kafolat yo'q. Oddiy ishda esa nima bo'lishidan qat'iy nazar siz pulingizni olasiz.
5. Frilansda siz hamma ishni o'zingiz qilasiz. Siz sotuvchisiz, siz PM'siz, siz buxgaltersiz, siz ishchisiz.
6. Frilans juda ko'p qulayliklarni beradi, lekin frilanserga ofis ishichisidan bir necha barobar ko'proq intizom kerak.
Bularni aytishdan maqsad sizni frilansdan sovutish emas, ko'pchilik jozibador va oson qilib ko'rsatayotgan hayotning ikkinchi haqiqiy tomonini ko'rsatish edi.
Asl postni Telegramda ochish →