Frilans haqida hech kim aytmaydigan haqiqatlar
Muallif 1000$ daromadga chiqish uchun kuniga 4-8 soat ishlash, frilansdagi risk va sotuv qobiliyati kerakligini oʻz tajribasidan aytadi. Har bir fikr amaliy maslahat bilan yakunlanadi.
Hech kim sizga aytmaydigan xaqiqatlar:
1️⃣ O'zbekistonda 1000$ daromadga 2-3 oy ichida chiqish mumkin, lekin buning uchun kamida har kuni 4-8 soatdan ishlash kerak. Bu 3 oy ichida 360 soat amaliyot va o'qish degani. Ko'pchilik tez va oson pul ishlash usullarini qidirib har hil kurslarga yoziladi, lekin qattiq ishlashga tayyor bo'lishmaydi.
✅️️ Qaysidir kasb egasi bo'lmoqchi bo'lsangiz kuniga kamida 4 soat ishlashga tayyor bo'lishingiz kerak.
Ishni boshlaganimdan boshlab 1000$ daromadga chiqish uchun 1.5 yilda ko'p vaqtim ketgan. Kurslarda o'qiganman, lekin tepamda turadigan odam bo'lmagan.
2️⃣ Frilansda ishlash zo'r. O'zingizga o'zingiz ishlaysiz, hech kim sizga buyruq bermaydi. Hohlagan paytingiz dam olib hohlagan paytingiz ishlaysiz. Ammo buning ikkinchi tarafi ham bor. Sizga hech kim keyingi oy mijoz olishingizga kafolat bermaydi. Keyingi oy pulingiz bo'lishi yoki bo'lmasligi 50/50. Kompaniyada ishlash esa xavfsizroq, lekin daromad kam.
✅️️ Frilansga o'tishdan oldin tavakkal qilishga tayyor bo'lishingiz kerak. Risk qila olmasangiz tinchgina shtatda ishlang.
3️⃣ Hammadayam sotuv qobiliyati bo'lmaydi va hamma uchun ham frilans to'g'ri kelmaydi. Bu qo'pol misol lekin haqiqat. Mijozlar birinchi navbatda ko'rinishingizga, kiymingizga, texnikangizga, gaplashish qobiliyatingiz va ovozingizga baho berishadi, so'ng siz bilan ishlash yoki ishlamaslik haqida o'ylab ko'rishadi. Frilansda esa doim mijozlar bilan uchrashish, suxbatlashish talab qilinadi.
✅️️ O'zinigiz sota olmasangiz sotuvchi oling. Hamkorlikda ish olib boring.
Bugungi kunga kelib 100+ mijozlar bilan ishladik. 55+ o'quvchilar o'qitdik. Yuqoridagi masalalar tajribadan kelib chiqib yozilgan.
Asl postni Telegramda ochish →