Dizaynerlar nega yillab oʻsmay qoladi
Besh sabab: tizimsiz mustaqil ish, faqat pul uchun ishlash, bazaviy instrumentlar bilan cheklanish, hammasini oʻzim bilaman pozitsiyasi va tanqidni koʻtara olmaslik.

Nima uchun dizaynerlar yilllab o'smay bir nuqtada qolib ketishadi?
Yana bir o'quvchindan xabar [Iphone, mac min, macbook, apple watch + ofis]
1. Mustaqil frilansda ishlash. Hech qanday ustozsiz, yoki tizimli dastursiz mustaqil ravishda sohaga kirishadi, birinchi natijani qilishadi, lekin keyinchalik o'sish uchun tizim bo'lmagani uchun 1 nuqtada qotib qolishadi.
2. Faqat pul uchun ishlash. Judayam ko'p soha egalari vaqtinchalik shu sohada ishlab turaman deb ishni boshlashadi, bu ish ijodkorlikni talab qiladi, lekin faqat pul uchun ishlagan odamda ijod umuman bo'lmaydi. Robotga o'xshab bir narsani takrorlayveradigan bo'lib qoladi.
3. Fundamental instrumentlarni o'rganib shu bilan qotib qoladi. Yillar o'tsa ham yangi instrumentlar, usullar, yo'nalishlarni o'rganmaydi. Faqat bazoviy instrumentlar bilan cheklanib qoladi.
4. Hamma narsani bilaman, o'zim qila olaman degan pozitsiya. To'g'ri o'zingiz qila olasiz, lekin yangi bilimlarni birovdan sotib olishdan asosiy maqsad eksklyuziv bilim emas, vaqt sotib olish. Uni ketkazgan vaqtini, xatolarini sotib olasiz.
5. Tanqidni ko'tara olmaslik. Ko'p dizaynerlarni ishini tanqid qilishlarini ko'tara olmaydi, maslahat so'ramaydi, yaxshilik uchun tanqid qilsa eshitishmaydi. Shuning uchun o'sishmaydi.
Asl postni Telegramda ochish →