Kanalga obuna
Fikr · 8-oktabr, 2026

AI orqali pul ishlash uchun soha bilimi

Faqat AI instrumentlarini oʻrganish yetarli emas, daromad soha boʻyicha chuqur bilim va natijadan keladi. Toʻgʻri strategiya AI mutaxassisi boʻlish emas, oʻz sohangizda AI bilan boshqalardan 10 barobar oldinga chiqishdir.

AI orqali pul ishlay olmaysiz

AI instrumentlarni, promptlarni o'rganishga urinmang. AI tizimlarni, keyslarni, sohangizga oid chuqur bilimlarni o'rganing.

Hozir hamma AI orqali daromad qilish uchun har hil instrumentlar, promptlar, claude skillarni qidirib yutipti.

AI orqali: • saytlar yasab • video yasab • rasm yasab • telegram bot yasab pul ishlay olmaysiz ... yaxshi daromad qila olmaysiz.

Agar qilayotgan ishingizni biznesga ta'sirini, u sohani fundamental ilmlarini bilmasangiz. Chunki faqat soha haqidagi eksklyuziv bilim va tajriba orqali siz xizmatingizni qimmat sotishingiz mumkin. Chunki ayni paytda oddiy sayt, video yoki rasmni har qanday odam bitta prompt bilan yasay oladi.

Hozir ko'p odam AI'ni o'zini o'rganaman deb kurslarga boradi, aslida esa sohangizni kuchaytirish uchun AI kurslarga borish kerak.

To'g'ri strategiya AI mutaxassis bo'lish emas, ishlab turgan sohangizda AI orqali boshqalarda 10x oshib ketish.

Shaxsan o'zimda: AI paydo bo'lganidan so'ng narxlar, daromad, tezlik 3-4 barobarga oshdi. Sohani tushunmaydiganlar esa 10 barobar arzonroqga ishlab yuripti. Claudeni 100$ lik xarajati bilan $4500 lik loyihalarni yopdik (±20 kunda).

AI o'rtacha va boshlang'ich darajadagi mutaxassislarni qiymatini tushirib yubordi, endi faqat instrumentlarni bilish yetarli emas, natijani olib kelish muhim.

Hozir har qanday odam AI orqali g'oyalarini amalga oshira oladi, lekin u g'oya to'g'ri va samarali ishlashi uchun mutaxassis kerak.

Sohangizni qancha chuqur bilsangiz shuncha ko'p AI yechimlarni bilasiz.

Asl postni Telegramda ochish →