Kanalga obuna
Fikr · 10-may, 2026

AI bu soha emas, instrument

AI sizning mutaxassisligingizni almashtirmaydi, ishni bajarish uslubini oʻzgartiradi. Kuchli mutaxassisni AI 10 baravar kuchaytiradi.

Bugun zo'r "xulosa" oldim. Ko'pchilik o'zini sohasini tashlab AI ga o'tib ketishni reja qilgan, shularni qatorida o'zim ham borman.

Lekin aslida AI bu alohida soha emas. Bu instrument. Bizni mutaxassisligimiz o'zgarmaydi, oldindan qilib kelayotgan ishimizni bajarish uslubi o'zgaradi.

O'zi kuchli mutaxassis bo'lsangiz AI shuni 10x ga kuchaytirib beradi.

Hozirgi siz ko'rayotga AI orqali kontent qilish, rasm yaratish, video chiqarish, yaxshi prompt yozish 6-12 oy ichida hamma uchun oddiy narsaga aylanib qoladi. Leking sizning dizayn sohasidagi, marketing yoki sotuvdagi 4-5 yillik tajribangizni boshqa odamlar AI bilan o'rnini bosa olmaydi.

Asl postni Telegramda ochish →