Kanalga obuna
Fikr · 30-sentabr, 2024

Marketpleys kartochkalari uchun alohida dizaynerlar kerak

Rossiyada dizaynerlar tor yoʻnalishlarga ajralgan, Oʻzbekistonda esa dizayner hamma narsani chizadi. Uzum, Ozon va Wildberries kirib kelgani sabab marketpleys kartochka dizayneri yangi yoʻnalish boʻladi.

Marketpleys kartochkalari uchun alohida dizaynerlar kerak

Deyarli to'g'ri javob topibsiz.

Bu yo'nalishlarni hammasi oldindan bo'lgan, yangi deganimning sababi — faqat shu ko'rsatilgan yo'nalishda ishlab turib ham yaxshi daromad qilish imkoni bo'ladi va shu tor yo'nalishdagi mutaxasislar paydo bo'ladi.

Rossiya bir necha yildan beri marketpleyslar bo'yicha dizaynerlar, cover dizaynerlar, web dizaynerlar, grafik dizaynerlar alohida xizmat sifatida ajralib chiqgan. Lekin O'zbekistonda bu ishlarni hammasini dizayner bajaradi. Dizaynerman desangiz sizni hamma narsani chizishni biladi deb o'ylashadi.

Yangi yo'nalish "marketpleys kartochkalarini" yasaydigan grafik dizaynerlar bo'ladi. Chunki yaqinda O'zbekistonga UZUM platformasi, OZON va Wildberries kirib keldi. Bu yerda mahsulotingizni kartochkasi qancha chiroyli bo'lsa, shuncha ko'p sotasiz. Buning uchun bozorga zo'r dizaynerlar kerak bo'ladi.

Rossiyadagi tanishlarim faqat kartochka yasab 100.000 - 200.000 rubl ishlashadi. (13-20 mln sum)

Asl postni Telegramda ochish →