Raqobat katta boʻlsa bozorga kirish
Raqobat kuchli sohada marketolog kabi fikrlab, yangi bozor yarating yoki mavjud bozorga boshqacha yoʻnalishda kiring. Muallif eksportchilarga sayt va konversiya redizayni orqali buni qildi.
Sizning sohangizda raqobat katta, sotish qiyin, nima qilish kerak?
Keling dizayn misolida ko'rib chiqamiz.
90% bozordagi mutaxassislar, dizayn xizmatlarini bozordagi anchadan beri ishlab kelayotgan yoki trend bo'layotgan yo'nalishlarga sotishga xarakat qilishadi.
Misol uchun hozir hamma saytchilarning asosiy mijozlari "ZAPUSKLAR". Boshqa yo'nalishda ishlab ham ko'rishmagan.
Kotta prodyuserlarni tajribali dizaynerlar band qilib qo'yishgan.
Bu xolatda siz mijoz topish uchun marketolog kabi fikrlashingiz kerak.
Marketingda bozorga kirish uchun 2 ta yo'l bor:
1. Yangi bozor yaratish (Complementary) 2. Bor bozorga boshqacha yo'nalishda kirish. (Competitive)
Misol uchun:
1️⃣ Shaxsan o'zim mahsulot va xizmatlarini chet elga eksport qiladigan kompaniyalarga sayt qilishni boshladim. Ko'pchilik faqat o'zbekistonda ishlaydigan yo'nalishlarga xizmatlarini sotishadi.
2️⃣ Hamma noldan dizayn sotayotgan paytda, man konversiyani oshirib beradigan redizayn xizmatini sotishni boshladim.
Yani siz hech kim yo'q yo'nalishga kirib o'sha yo'nalishda 👑 Qirolga aylanishingiz mumkin.
Bu nafaqat dizayn, har qanday sohaga mos keladi.
P.S
Kommentda yana bir lifehack
Asl postni Telegramda ochish →