Chet eldan cheksiz buyurtma olish texnologiyasi
Umid chet eldan doimiy mijoz olish texnologiyasini avval oʻzi ishlab chiqib, keyin eng kuchli oʻquvchilarga bermoqchi. Maqsad: raqobatni oshirmasdan koʻp odamni daromadga chiqarish va oʻzbek mutaxassislari obroʻsini saqlash.

Mani bitta kotta maqsadim bor.
Chet eldan cheksiz buyurtmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish.
Judayam ko'p odamlarga saytlarni yasash, dizaynni o'rgatishni xohlayman, lekin hamma O'zbekistonda ishlasa, hamma bir xil sotuv texnologiyalaridan foydalansa, raqobat juda kuchayib ketadi, mijozlar topish qiyinlashadi.
Misol uchun 1000 ta yoki 10.000 ta dizayner tayyorlashdan mani to'sib turgan narsa ham shu.
Bu texnologiyani ishlab chiqganimdan so'ng o'n minglab odamlarga dars berib ularni daromadga chiqarish mumkin bo'ladi.
Shu paytgacha 60 tacha o'quvchi chiqardim, ularga saytlar orqali daromad qilishni o'rgatdim. Hozir bozorda saytga talab bo'lsa juda katta ehtimol bilan shu o'quvchilarimdan biriga yoki man bilan bog'lanishadi. Sovuq sotish mumkin, lekin hamma odam ham bu texnologiyadan foydalana olishmaydi.
Shuning uchun birinchi o'zim chet eldan doimiy mijozlar olish texnologiyasini ishlab chiqib, o'zim buyurtmalar olib, keyin buni ommalashtirmoqchiman.
Qadamlarimni post shaklida yoritib borishga xarakat qilaman.
Lekin bu texnologiyani hamma o'quvchilarga bermayman, faqat eng kuchli va yaxshi o'quvchilarga beraman. Ma'lum bir bilimdagi pog'onaga chiqganidan so'ng beriladigan texnologiya bo'ladi. Sifatsiz ish qiladigan odamlar chet elliklar bilan ishlab bizni xalqimizni nomiga dog' tushirmasligi kerak. O'zbekistondagi mutaxassislar eng kuchli degan fikrda bo'lishlari kerak. Shu fikrga nima deysiz?
Asl postni Telegramda ochish →