Kanalga obuna
Hikoya · 10-oktabr, 2024

Boshqalardan koʻchirmaslik, oʻz yoʻlingiz

Top dizaynerlar boshqalar ishini kam koʻradi, chunki koʻchirish shaxsiy yoʻnalishni yoʻqotadi. Maqsad shunday darajaga yetish: boshqalar sizdan koʻchirsin.

Bitta zo'r fakt aytaman.

Ijod bilan shug'ullanadigan odamlar, (dizayner, arxitektor, rejisyor) mutaxassisligining bir bosqichiga yetgandan so'ng umuman boshqa sohadoshlarining ishlarini kuzatish, o'rganish va ulardan g'oya olishdan to'xtashadi.

$5.000 gacha daromad qiladigan dizaynerlarning 99% boshqalardan ko'chirishadi, chunki hali o'zi o'ylab topadigan darajaga kelishmagan bo'ladi.

Rossiyadagi 15 yildan ortiq tajribaga ega eng TOP dizaynerlar qatoriga kiradigan odamning kursini olganman. Ismi Pavel, u bir darsida boshqa odamlarning dizaynlarini maksimal darajada kam ko'rishga xarakat qilaman deb aytgan. Ko'rganda ham faqat trend uchun ko'radi.

Sababi...

Agar siz doim boshqalardan ko'chirsangiz, o'zingizning shaxsiy yo'nalishingizni yoqotib qo'yishingiz yoki umuman topa olmasligingiz mumkin deydi.

O'z sohangizda aynan shu darajaga yetishishni maqsad qilish kerak. Boshqalar sizdan ko'chirsin, siz ulardan emas.

Asl postni Telegramda ochish →