Gʻoyani koʻchirish algoritmi
Hech kim gʻoyani noldan oʻylab topmaydi, hamma narsa kimdandir ilhomlangan. Post loyiha oldidan referens yigʻish va gʻoyani bosqichma-bosqich pishirishning 12 qadamini beradi.
💻 Frilansda daromad. 14/30 qadam
Original g'oya, hali qayerdan ko'chirilganligi fosh bo'lmagan g'oya desam ishonasizmi?
Siz har kuni uchratadigan hamma "noyob", "original", "yagona" deb aytishayotgan offerlar, dizaynlar, arxitektura, tizimlar bularning barchasi qayerdandir ko'chirilgan yoki ilhomlanib yasalgan.
G'oyalarni hech kim noldan o'ylab topmaydi, yaratmaydi. Yarata olmaydi ham.
18 yil tajribaga ega, Rossiyada top dizaynerlar safiga kiradigan odamdan g'oyalarni qayerdan olasiz deb savol berganimda — man boshqalardan ko'chirmayman, lekin tabiatdagi narsalardan ilhomlanaman, ko'chiraman deb javob bergan.
14-qadamda siz bilan ko'chirish algoritmini o'rganamiz.
Har qanday loyiha boshlashdan oldin qiladigan ishlarim:
0. Ishga kirishishdan avval sohani ipidan ignasigacha tushunib olish, qancha chuqur sohani tushunsangiz shuncha ma'lumot qidirish oson bo'ladi. 1. Shu sohadagi/yo'nalishdagi "qirollarni" topish. Yani eng top kompaniyalar, saytlar, brending, reklama, kreativ va hokazo. 2. Tayyor boshqa kompaniyalar/frilanserlar tomonidan bajarilgan "keys"larni topish 3. O'xshash sohalardan referenslar va keyslarni qidirish 4. Barcha topilgan referenslardan → kalitli joylarini alohida yig'ib chiqish 5. Topilgan referenslarni bir joyga toplash 6. Yig'ilgan ma'lumotlardan kelib chiqib paydo bo'lgan g'oyalarni birma-bir yozib chiqish 7. Go'yalarni takomillashtirish uchun SI dan foydalanish 8. Dizayn konseptga o'tish. 9. Bir nechta variantlar yasab eksperiment qilish 10. Loyihani yakunlash 11. Loyihani sayqallash 12. Loyihani boshqalarga baholatish.
Qisqasi chiroyli dizayn bu talant emas — miyyadagi yuzlab kombinatsiyalar bazasi.
Asl postni Telegramda ochish →