Kanalga obuna
Roʻyxat · 6-iyul, 2026

AI sayt yasaydi, lekin sotmaydi

AI bir promptda sayt yasaydi, lekin mijoz bilan suhbat, did, kreativ gʻoya va mahalliy kontekstni bera olmaydi. Sotadigan sayt uchun koʻp iteratsiya va tahlil kerak.

Hozir internetda chiroyli animatsiyali wow-effektli saytlar ko'payib ketti. 10 daqiqada sayt yasash mumkin degan tushuncha paydo bo'ldi.

Lekin

1. Mijoz bilan 1-2 soat 1:1 o'tirib biznesni o'rganishni hech qaysi AI qila olmaydi 2. Saytlarga kirib yaxshi referenslarni odamga o'xsha topa olmaydi (chunki unda "did" tushunchasi yo'q) 3. Kreativ g'oyalarni o'ylab topa olmaydi, faqat bor g'oyani rivojlantira oladi. 4. Mahalliy kontekstni tushunmaydi. Tarjimani so'zma so'z qiladi, ma'nosini tushunmasdan. 5. AI da fokus chiroyga qaratiladi, sotuvga emas, saytning asosiy vazifasiga emas.

Sayt bo'lishi uchun AI orqali bitta promt'da sayt yasash yaxshi, lekin sotuvchi bo'lishi uchun juda ko'p iteratsiyalar va tahlillar qilish kerak.

Lekin yuqoridagi narsalarni tushunib, shularga AI'ni qo'llasa juda zo'r natija olish mumkin. Yakunlayotgan loyihamizda shu narsani sizga ko'rsataman.

Asl postni Telegramda ochish →