Kanalga obuna
Qoʻllanma · 13-iyun, 2026

AI bilan istalgan sohani tez oʻrganish

Sohani tez oʻrganish eng kuchli meta-koʻnikma, uni AI yordamida 10 qadamda bir necha haftada egallash mumkin. Qadamlar: umumiy manzara, til, yoʻl xaritasi, referens, amaliyot, jamoa va ustoz.

🚀 Har qanday sohani AI bilan 10 barobar tez oʻrganish

Eng kuchli koʻnikma — biror sohani bilish emas. Eng kuchli koʻnikma - istalgan sohani tez oʻrgana olish. Buni meta-koʻnikma deyishadi. Va aynan shu sizni boshqalardan ajratib turadi.

Ilgari yangi sohani egallashga oylar, ba'zan yillar ketardi. Bugun buni AI bilan bir necha hafta ichida qilish mumkin.

Bu esa mening shaxsiy metodologiyam, 10 ta qadam:

1️⃣ Umumiy manzara. Sohaga qushning nigohi bilan qarang — «Gemini Deep Research» orqali butun sohani bitta hujjatga joylang. Avval kontekst, keyin detal.

2️⃣ Til va metrikalar. Har bir soha oʻz tiliga ega. Muhim terminlar va koʻrsatkichlarni oʻrganing — terminni tushunmasangiz, sohani ham tushunmaysiz.

3️⃣ Yoʻl xaritasi. roadmap.sh orqali qadamlarni aniqlang.

4️⃣ TOP kontent. Sohadagi eng koʻp koʻrilgan videolarni tanlang va NotebookLM orqali tahlil qildirib, asosiy gʻoyalarni siqib oling.

5️⃣ 30+ referens. Sohadagi eng kuchli keysni toping → uni Claude bilan qism-qismga ajrating → natijaga olib borgan qadamlar ketma-ketligini oʻrganing.

6️⃣ Instrumentni oʻzlashtiring. Sohaning asosiy vositasini oching va har bir funksiyani bosib, sinab koʻring.

7️⃣ Ekspert fikrlashi. Kimningdir ishini koʻchirmang — TOP ekspertlarning fikrlash freymvorkini oʻzlashtiring. «Nima qilgan» emas, «qanday oʻylagan» muhim. Bunda Claude yordam beradi.

8️⃣ Darhol amaliyot. Yangi bilim yoki vosita oʻrganildimi — oʻsha kuniyoq amalda qoʻllang.

9️⃣ Community. Soha ekspertlari bilan muloqotda boʻling, savol bering, fikr almashing.

🔟 Ustoz (aslida 1-raqam boʻlishi kerak edi). Eng tez yoʻl — uni bosib oʻtgan odam yonida. Ustoz topolmasangiz, Claude ichida shaxsiy «AI mentor» fayl oching va undan har kuni soʻrang.

Yodda tuting: AI sizni almashtirmaydi. Lekin AI'dan foydalanishni biladigan odam — albatta almashtiradi.

Asl postni Telegramda ochish →