Kanalga obuna
Qoʻllanma · 27-dekabr, 2024

Produktiv prokrastinatsiya: telefon oʻrniga foydali ish

Telefonni sababsiz qoʻlga olish odatini 1-3 daqiqalik foydali ishlar bilan almashtirish mumkin. Muallif shu usulda bilmagan holda 150 betga yaqin kitob oʻqigan.

"Produktiv prokrastinatsiya"

Sezgan bo'lsangiz kun davomida 10-15 soniya bosh bo'lsangiz qo'lingiz telefonga qarab ketib qoladi. Bu jarayon nazorat qilaolmaydigan darajada miyyamizga o'rnashib qolgan.

Har safar telefonni qo'lga olganimizda kamida 3-5 daqiqa vaqtimizni yoqotamiz. O'rtacha xisobda esa kuniga 8-9 soat vaqtimiz telefonda o'tadi.

Nimaga bunaqa bo'ladi?

— deepwork qila olmay qolganmiz — rejasiz ishlaymiz — ishlarni vaqt bilan chegaralab qo'ymaganmiz — telefonni doim yonimizda — notification'lar

Hullas sabablari ko'p.

Shuni muammoni yechimi "produktiv prokrastinasiya" Zerikkan paytingizda ham samarali ishlarni qilish.

Har safar telefonimni sababsiz qo'limga olganimda 1-2 daqiqadan kitob o'qishni boshlab 150 betga yaqin kitob o'qib qo'yibman o'zim bilmagan xolda. Gap kitob o'qishda emas, bu yerdagi asosiy narsa zerikkan paytingizda ham foydali narsalar bilan shug'ullanishda.

Sizga vazifa, 1-3 daqiqa ichida qilish mumkin bo'lgan qanday foydali ishlar bor? Shu ishlarni ro'yxatini tuzib chiqing va har safar sababsiz telefonni qo'lga olganingizda shu ishlarni qilib yuring.

Bu haqida yuqoridgi "Кради как художник" kitobida qisqacha tushuncha berib o'tilgan. Lekin buni ancha oldin o'zim bilmagan holda ishlatishni boshlagan ekanman.

Asl postni Telegramda ochish →