Kanalga obuna
Fikr · 6-sentabr, 2024

Faqat pul uchun ishlash xavfi

Ishni tezroq tugatib pulni olish fikri bilan ishlasangiz, sifat, obroʻ va mijozlar ishonchini yoʻqotasiz. Mutaxassis boʻlish uchun ishni mukammal topshirish va har safar oldingisidan yaxshiroq qilish kerak.

Agar bir ish qilayotgan bo'lsangiz.

"Nima qilib bo'lsa ham ishni tugatib, pulini olsam bo'ldi" degan fikr bilan ishlasangiz:

1. Hech qachon ish sifatli chiqmaydi 2. Uzoq muddat insonlar bilan ishlay olmaysiz 3. Loyiha uchun yaxshi pul olmaysiz 4. Loyihani vaqtida topshira olmaysiz 5. O'smaysiz, bir joyda qotib qolasiz 6. Ishingizdan mamnun bo'lmaysiz 7. O'zingizni majburlab ishlaysiz 8. Obro ketadi 9. Mijozlarni ishonchi yoqoladi. 10. Sizga odamlar mutaxassis deb emas, oddiy ishchidek qarashni boshlashadi.

Yaxshillab o'ylab ko'ring, siz shunday ishlamayabsizmi?

Ko'pchilik shunday fikrlash bilan ishlagani uchun, odamlarga ishonmay qo'yganman. Fikrlashni to'g'irlang yoki sohani almashtiring!

Qanday fikrlash bo'lishi kerak?

1. Loyihani mukkammal, mijoz kutgandek yoki undan ham ortig'i bilan tugatish kerak 2. Xatolarni sinchkovlik bilan tekshirib bexato ishni topshirish kerak 3. Har loyihada yangilik qilishga, yangi instrumentlardan foydalanishga xarakat qilish kerak 4. Mijozga ishni yaxshilash uchun takliflar berish kerak 5. Mijozni nima qilib bo'lsa ham rozi qilish kerak. 6. Qilgan ishingizni orqasidan yana ish qilishga odamlarni majbur qilmaslik kerak 7. Har bir qilgan ishingiz oldingisidan yaxshiroq bo'lishiga xarakat qilish kerak

Yuqoridagi toifaga kiradigan odam bo'lsangiz va o'zgarishni xohlamasangiz qilgan ishingizga yarasha pul olishga tayyor bo'ling.

Asl postni Telegramda ochish →