Kanalga obuna
Kitob konspekti · 6-dekabr, 2024

Doʻstlarning yetti turi

Margulan intervyusiga tayanib doʻstlar eski, oilaviy, qutqaruvchi, xobbi va boshqa turlarga ajratiladi. Doʻstga toʻgʻri kutuv qoʻysangiz, ularni yoʻqotmaysiz.

Oldin kerakli paytda do'stlarimdan yordam ola olmasam biroz hafa bo'lar edim...

Lekin keyinchalik bir zo'r narsani tushunib yetdim.

Do'stlar 7 ta turga bo'linar ekan. (Margulan intervyusidan)

1. Eski do'stlar Maktab, kollej va universitetda tanishgan eski do'stlarimiz. Ular bilan faqatgina bizning o'tmishimiz bog'liq. Ular bilan biznes qilmagan yaxshi. Ular bilan uchrashganda faqat o'tgan narsalar haqida gaplashamiz. Juda kam ko'rishamiz.

2. Oilaviy do'stlar. Bu do'stlar bilan faqat oilaviy ko'rishamiz, boshqa payt alohida ko'rishmaymiz. (Ko'p qarindoshlar ham shunday)

3. Qutqaruvchi do'stlar Juda sodiq va ishonchli do'stlar. Ular doim bizga yordam qo'lini cho'zishga tayyor va har qanday xolatga bizga yordamga yetib kelishadi. Lekin ular juda jiddiy insonlar, mazza qilib ular bilan vaqt o'tkazish qiyin.

4. Xobbi do'stlar Bu sizni xobbilaringiz bilan bog'liq do'stlar. Sportda, kurslarda yoki boshqa qiziqishlar sizni bog'lab turadi. Bu qiziqish tugasa bu do'stlik ham yo'q bo'lib ketadi. Vaqtinchalik odamlar.

5. Ko'ngilochar do'stlar. Bu eng ishonchsiz va xavfli do'stlar. Chunki ularni faqat yaxshi kunlardan, bayramlar va o'tirishlarda ko'rasiz. Boshqa payt umuman ko'rishmaysiz. Faqat ko'ngil xushlik payti paydo bo'lishadi.

6. Душевные do'stlar (tarjima qila olmadim 😅) Bu do'stlar bilan bemalol qalbingizni ochib suxbatlashsangiz bo'ladi. Ular hech qachon sizga xasab qilishmaydi, doim yutuqlaringizdan xursand bo'lishadi. Birga juda chuqur suxbat qilishingiz mumkin. Lekin biznes qilish tavsiya etilmaydi.

7. Hamfikr do'stlar Bu do'stlar bilan siz rejalaringiz, ishlaringiz, biznes va rivojlanish haqida gaplashasiz. Bir biringizga o'sishga yordam berasiz. Lekin bir muammosi bor. Agar siz o'sishdan to'xtab qolsangiz ular bilan aloqalar ham uzilib qoladi. Yoki kimdir tezroq rivojlansa ham ular bilan aloqalar uzilishi mumkin.

8. Alloh uchun do'stlashgan do'stlar. Bu do'stlarni o'rtasida hech qanday manfaat ko'zlanmaydi. Faqat Alloh uchun do'stlashishgan, bir birini xatolarini doim aytib tuzatib turishadi, har ko'rishganda to'g'ri va yaxshi ishlarga davat qilishadi. Ularning maqsadlari ancha buyukroq. Do'stligi esa 2 dunyoda davom etadi. (Buni Margulan aytmagan)

Ideal do'stni topa olmaysiz, do'stlikni ideallashtirish ham xato. Bir inson hamma xislatlarni o'zida jamlay olmaydi.

Agarda siz shu do'stlaringizga to'g'ri kutuvlarni qo'ya olsangiz, hech qanchon do'stlaringizni yoqotmaysiz.

Asl postni Telegramda ochish →