Kanalga obuna
Fikr · 24-iyul, 2024

Ayb doim oʻzimizda, odamlar bizning aksimiz

Atrofdagi odamlar bizning odatlarimiz va xulqimizning aksi. Boshqalarni ayblashdan oldin oʻzimizni oʻzgartirishimiz kerak.

O‘zimizda yo‘q narsani boshqalardan talab qilganimizning umuman foydasi yo‘q.

Atrofdagi barcha odamlar bizni “kopiyamiz” aksimiz. Biz qanday inson bo‘lsak ular ham shunday bo‘lishadi. Buni mantiqiy tushuntirib bo‘lmaydi, lekin bu haqiqat. Bizni odatlarimiz, fikrlashimiz, hayotimiz tarzi, yaxshi yoki yomon ishlarimizni hammasi yonimizdagi odamlarga taʼsir o‘tkazadi. Bir yaxshi ish qilsak, uning natijasi hammaga taʼsir o‘tkazadi. Yomon ish qilsak ham xuddi shunday bo‘ladi.

Sizga kimdir yolg‘on gapirgan bo‘lsa, aldagan bo‘lsa, aytgan ishini qilmasa, sizga hurmatsizlik qilsa, uchrashuvga kech qolsa uni ayblashdan oldin o‘zingizni tahlil qiling. Siz ham shu ishlarni qachondir boshqa odamga nisbatan qilgan bo‘lib chiqasiz. (Doim emas, lekin aksar holatda shunday bo‘ladi) Odamlarga ilm berishga harakat qilamiz, ularni o‘zgartirishga harakat qilamiz, ularni hayotini yaxshilashga harakat qilamiz lekin hammasi befoyda, agar birinchi navbatda siz o‘zingizni o‘zgartirmasangiz.

O‘zimdagi shu nuqsonlarni ko‘rib, shunday nuqsoni yo‘q odamlarni jamoaga olmoqchi bo‘ldim, lekin adashgan ekanman. O‘zimni o‘zgartirmasam, dunyodagi eng zo‘r odamlarni olib kelsam ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

Bitta qoidani miyyamga qadoqlab qo‘ymoqchiman. Har doim ayb o‘zimda, kimdir xato qilsa, o‘zimning oldingi qilgan xatoyim uchun javob olgan bo‘laman. Mani qilayotgan har bir ishim barcha yonimdagi odamlarga taʼsir qiladi. Bir marta noto‘g‘ri ish qilib, barcha yonimdagi odamlarga zulm qilayotgan bo‘laman. Odamlarni hayoti mani qiziqtirmasligi kerak, lekin qilgan ishlarim ularga taʼsir qilishini yaxshi tushunib olishim kerak.

Bu gaplarim bilan ideal odam bo‘lish kerak demoqchiman-mi? Yo‘q, hech qachon ideal inson bo‘la olmaymiz, doim xato qilamiz. Lekin bizda 2 ta yo‘l bor, o‘lgunimcha yaxshi tomonga o‘zgarish uchun harakat qilishim yoki hammasini o‘z xolicha qoldirib, muammolarni chiqqanida doim kimnidir yoki nimanidir ayblashim mumkin.

Bu gaplarni yozishimdan maqsad, o‘tgan 6 oy ichida judayam ko‘p xatolarni qildim, muammo o‘zimdaligini bilar edim, lekin ko‘p hollarda aybni boshqalardan qidirganman.

Biz bilan ishlaydigan odamlar kuchli va sodiq mutaxassis bo‘lishi, do‘stlarimiz qiyin vaziyatda tashlab qo‘ymasligi, mijozlarimiz bilan ish muammosiz bo‘lishi, yaqin insonlarimizni bizga bo‘lgan munosabati, ko‘chadagi umuman biz tanimaydigan odamlarning bizga muomalasi, hamma hammasi bizni o‘zimizni odobimiz, axloqimiz, bilimimiz, ularga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq.

Asl postni Telegramda ochish →