Chi, chi, chi laridan qutilish kerak
Koʻp bilamiz, lekin kam harakat qilamiz, chunki miyadagi 'unga yoqmasachi' kabi xayollarga aldanamiz. Avval ishni qiling, natijani keyin oʻylang.
Bitta narsani o'rganib olsak, cheksiz imkoniyatlar ochiladi bizga. Bizni judayam katta yutuqlardan tosib turgan narsa — o'zimiz. Judayam ko'p narani bilamiz, lekin kam xarakat qilamiz.
Miyamizdagi o'zimizga o'zimiz o'ylab topgan hayollarga aldanmasdan, amal qilishimiz kerak.
- nima bo'lar ekan? - nima deb javob qaytarar ekan? - unga yoqmasachi? - qimmat desachi? - urushsachi? - hafa bo'lib qolsachi? - imkoniyati bo'lmasachi? - chi, chi, chi lardan qutilish kerak. Qiling o'sha o'ylab turgan ishingizni, keyin natijasi haqida bosh qotiring.
Albatta qilmoqchi bo'lgan ishingiz qonunga, odob-axloqga, dinimizga qarshi bo'lmasligi kerak.
Asl postni Telegramda ochish →