Kutmang, birinchi boʻlib bering
Yordam, pul yoki eʼtibor kerak boʻlsa, boshqalardan kutmasdan oʻzingiz birinchi boʻlib bering. Doʻstlikni foyda uchun emas, ixlos bilan qurish kerak.
Sizga nimadir kerak bo'lsa — Doim so'raydigan odamingizni o'rniga o'zingizni qo'ying.
Yordam kerakmi — sizdan so'ramasa ham yordam taklif qiling. Pul kerakmi — so'ramasidan avval, muxtoj odamga o'tkazib yuboring. E'tibor kerakmi — birinchi bo'lib yozing yoki qo'ng'iroq qiling.
Doim odamlardan nimanidir kutib yashasangiz, shunday kutib umringiz o'tib ketadi.
"Beruvchi qo'l, oluvchidan ustun turadi" — Payg'ambarimiz Rasululloh ﷺ
Afsuski hozirgi kunda ko'p odamlar o'rtasidagi:
Yordam — netvorking uchun Do'stlik — foyda uchun. E'tiborni esa vaqt sarflash deb xisoblashga o'tdik.
Ideal do'stlik, birodarlik qanday bo'lishini tasavvur qiling ... So'ng birinchi bo'lib o'zingiz o'sha odam bo'ling.
Kecha juma namozida shu postga mos qiziq voqea eshitdim:
Bir kishini uyiga birodari kelib qarz so'rabti: Uy egasi qattiq yig'labti. Xotini hayron bo'lib: “Nega yig‘layapsiz? Kimdir vafot etdimi? Yoki bir yomon xabar keldimi?” U esa javob beripti: “Yo‘q… faqat men dunyo bilan shunchalik band bo‘lib ketdimki, birodarimning holidan bexabar qolibman. U o‘zi kelib, mendan so‘rashga majbur bo‘ldi…”
Asl postni Telegramda ochish →