Kanalga obuna
Fikr · 1-oktabr, 2024

Birovga berilgan soʻz bu qarz

Kechikish, unutilgan vaʼdalar va choʻzilgan qarzlar yomon odatga aylanib, butun jamiyatga taʼsir qiladi. Post soʻzni vaqtida bajarish uchun beshta qadam taklif qiladi.

Birovga berilgan so'z — qarz.

Yaqinda buni chuqur ma'nosini tushundim. Hayotimizda juda ko'p xolatlarda odamlarga so'z beramiz, bir xil payt buni o'zimiz ham sezmaymiz.

Misol uchun:

— 5:00 ga boraman deymiz, 20 daqiqa kechikamiz — 10 daqiqada yuboraman deymiz, esimizdan chiqib ketadi. — Bir ishni bugun qilaman deb aytamiz, lekin ertaga qilarman deb uxlab qolamiz. — Kimdandir qarzimiz bor, chozilib ketadi. va boshqa yuzlab misollar keltirish mumkin.

Keyinchalik: - kech qolish - yolg'on - va'dalarni ko'p berish va boshqa ko'plab yomon illatlar oddiy xol bo'lib qoladi. Nafaqat biz uchun, biz sabab butun jamiyat uchun.

O'zingiz o'ylab ko'ring, bir joyda yig'ilish bo'lsa atayin 20-30 daqiqa erta chaqiriladi, chunki hamma kech qolishga o'rganib qolgan. Kimdir qarz so'rasa bergingiz kelmaydi, chunki vaqtida beradiganlar kam.

Har safar kimgadir va'da berib, yo bir ish qilaman deb, o'sha vaqtda bajarmasak, unga zulm qilayotgan bo'lamiz, uni haqqini yeyotgan bo'lamiz. So'z bu qarz. Uni o'z vaqtida bajarish kerak.

Yechimi nima? 1. O'ylab keyin gapirish 2. Va'dani o'z vaqtida bajarish 3. Qila olmasak, buni aytish 4. Yolg'on aralashtirmaslik 5. Doim zaxira bilan ish qilish.

Gapimizda qattiq turadigan odam bo'lganimizdan so'ngina, bizga shunday insonlar uchrashishni boshlaydi. Atrofimizdagi odamlar o'zgarishni boshlaydi.

Man bu xatoni ko'p qilganman, endi to'g'irlash vaqti keldi.

Asl postni Telegramda ochish →