Zaxira bilan aytilgan vaqt hurmat keltiradi
Vaqtni, muddatni yoki natijani kamaytirib aytish sharmandalikka olib keladi, zaxira bilan aytish esa hurmat beradi. Bu qoida yoʻlda, loyihada va deadlineda ham ishlaydi, shuning uchun doim aniq maʼlumot bering.
Bir narsani boridan kamaytirib, aytish — sharmandalikka.
Ortig'i bilan aytish hurmatga olib kelar ekan.
Misol:
Taksidasiz, ofisga 27 daqiqalik yo'l qolgan. Sizga telefon qilib qanchada kelasan deb so'rashadi. Ko'pchilikda ko'rganman, o'zimda ham 20-25 daqiqa deb aytamiz. Keyin 40 daqiqada yetib boramiz. Undan ko'ra zaxirasi bilan aytish kerak. Yo'lda, loyihalarda, deadlinelarda, bir ishni bajarishda va boshqa joylarda.
Yuqoridagini yana bir marta o'qing.
Bu faqat yo'lda emas, hamma joyda ishlaydi.
Doim aniq ma'lumotni aytaylik.
Asl postni Telegramda ochish →