Kanalga obuna
Fikr · 9-dekabr, 2025

Yalqovlik va natija haqida oʻylash

Yalqovlik yoʻl mashaqqati haqida oʻylashdan tugʻiladi, natija haqida oʻylasangiz esa ogʻir yoʻlni bosib oʻtish osonlashadi. Farzand koʻrish misoli bilan tushuntiriladi.

Yalqovlik — bir ishni bajarish uchun ketadigan vaqt va energiya haqida o'ylash.

Nima uchun biz shuni — erishiladigan natija haqida o'ylashga o'zgartira olmaymiz?

Aynan bosib o'tiladigan yo'l haqida o'ylash bizni to'sib turgan narsa.

Zo'r misol ko'rdim:

Farzandli bo'lgan ayol boshqa bu jarayonni boshidan kechirishni hohlamas ekan, lekin millionlab 2-3-4 farzandli odamlar bor.

Natija haqida o'ylasangiz o'rtagi og'ir yo'lni boshlash, bosib o'tish osonroq bo'ladi.

Asl postni Telegramda ochish →