Orzu narxi va egalik qilish xarajati
Qimmat moshina misolida narsaning faqat sotib olish narxi emas, egalik qilish narxi ham borligi tushuntiriladi. Olishdan oldin xarajatga tayyor boʻlish kerak.
Orzuingizdagi narsani xarajatiga ham tayyormisiz?
Egalik qilish narxi (цена владения) degan narsa bor. Shuni ko'pchilik tushunmaydi, o'ylamaydi.
Yaqinda bir tanishim Mersedes Benz GT 43 sotib oldi. Zo'r moshina, hammani olgisi keladi. "Mandayam bo'sa edi deyishadi". Lekin u moshinani xarajatini, hamma orzu qilayotgan odamlar kotara olmaydi. U xarajati haqida olgandan keyin o'ylashni boshlashadi.
Misol uchun yaxshi joydan 98-100 benzin quyish kerak. 100 km ga 44 litr benzin ketadi. Oyiga 1000$ dan ko'p pul ketadi. Yuvish uchun yana 100$. Remont ham arzon emas.
Bu faqat moshinani xarajati. Bunaqa ulovda yurgandan keyin shunga yarasha ehson ham qilish kerak. Odamlar sizdan yordam so'rab kelishlariga tayyor bo'lish kerak. Chunki bunaqa moshina olish "Mana mani pulim ko'p" degan narsani bildiradi.
Narsa olishdan oldin, unga egalik qilish narxini ham xisoblash va unga tayyor bo'lish kerak.
Asl postni Telegramda ochish →