Kanalga obuna
Fikr · 30-may, 2026

Tadbirkor va xodim fikrlashi farqi

Ikkalasida ham boshida pul yoʻq, farq riskka munosabatda. Tadbirkor $7000 foydani, xodim $3000 xarajatni koʻradi.

Tadbirkor bilan xodimning fikrlash farqi

Tadbirkor: pul yo’q. Lekin u $10 000 ishlab olish uchun $3 000 oylikka odam yollashga tayyor. Puli bo’lmasa ham riskka boradi — chunki aynan shu riskni o’ziga olgani uchun o’sha $10 000 unga tegadi.

Xodim: pul yo’q. U ham $10 000 ishlab olish mumkinligini ko’radi, lekin buning uchun $3 000 xarajat ketishini hisoblaydi va to’xtaydi: “Hozir pulim yo’q-ku, qanday qilib men xodimga oylik beraman?” — deydi va riskka bormaydi.

Farq pulda emas. Ikkalasida ham boshida pul yo’q. Farq — riskka munosabatda. Tadbirkor yo’q pulni qanday topish va aylantirish haqida o’ylaydi; xodim esa yo’q pul uni harakatdan to’xtatadi. Birinchisi imkoniyatni ko’radi, ikkinchisi to’siqni ko’radi.

Tadbirkor $7000 foydani ko'radi Xodim $3000 xarajatni.

Asl postni Telegramda ochish →