Kontrast dush bilan shaxsiy tajriba
Muallif kontrast dush qilishni boshlab, kayfiyat, fokus va uyqudan turishda ijobiy oʻzgarishlarni sezgan. Post xavfsizlik qoidalari va issiq-sovuq suv ketma-ketligini beradi.
29 may kontrast dush qilishni boshlagan edim.
Manga ijobiy ta'sir qildi. Bu tavsiya emas shaxsiy kuzatuv va natijalar bilan bo'lishish!
Bu shaxsan o'zimda kuzatilgan o'zgarishlar, sizda boshqacha bo'lishi mumkin:
• Ertallabdan yaxshi kayfiyat (Aniq ko'tarilgani sezildi) • Ancha sovuqqa tanam chiniqdi • Uyqudan turish osonlashdi • Fokusimga ta'sir qildi. • Qiyin ishlarni o'ylanib o'tirmasdan qilishni boshladim. • Taxminan 14 kunlardan so'ng tana sovuq suvga bemalol turadigan bo'lishni boshlar ekan. (Bu mani xolatimda) • (Bunaqa bo'lishini sababi sovuq suvga tushganda organizmda "noradrenalin, dofamin, endorfin ishlab chiqiladi")
Qanday to'g'ri qilish kerak?
Muhim qoidalar:
• Yurak, qon tomir kasalliklari bo'lsa shifokor bilan maslahatlashing. • Dushni tongda qilish kerak • Sportdan keyin qiladigan bo'lsangiz taxminan 30-60 daqiqa o'tib qilish kerak. (Qizib/terlab turib dushga kirish zararli) • Kechasi tavsiya etilmaydi • Ko'krak qismingizga / boshingizga uzoq vaqt to'g'ridan to'g'ri sovuq suv yo'naltirib bo'lmaydi!
Ketma-ketligi:
0. To'g'ri nafas olish kerak. O'zingizni bo'sh qo'yib burundan nafas olasiz, og'izdan chiqarasiz, chuqur nafas olish kerak bo'ladi. Nafasingizni ushlab qattiq kuchanish mumkin emas. 1. Birinchi issiq suvda 1-2 daqiqa turasiz 2. So'ng asta sekin sovuq suvga (30 soniya) (Birinchi tananing uchlaridan boshlab asosiy qismga o'tadi) 3. Yana issiq suvda (1 daqiqa) 4. Sovuq suvda (45 soniya) 5. Issiq suvda (1 daqiqa) 6. Sovuq suvda (1 daqiqa) 7. Sovuq suv bilan tugatasiz 8. Tez sochiq bilan tanangizni qizitasiz.
Vaqt o'tgan sayin 2 daqiqagacha olib chiqish kerak bo'ladi.
Siz sinab ko'rganmisiz?
Asl postni Telegramda ochish →