Kanalga obuna
Fikr · 19-noyabr, 2024

Baxt va kayfiyat bu tanlov

Kayfiyatni buzish oson, koʻtarish qiyin. Mayda narsalarga jahl qilmaslik va oʻzingizga ijobiy gapirish orqali kayfiyatingizning egasi boʻlishingiz mumkin.

Baxt bu tanlov.

Har bir qabul qilgan qarorlarimiz 2 ta tomonga qarab yurishi mumkin.

Yaxshilikka yoki yomonlikka. Baxtga yoki baxtsizlikka.

Kayfiyatni buzish juda oson, lekin ko'tarish juda qiyin. Siz kayfiyatingiz qurboni bo'lishingiz yoki egasi bo'lishingiz mumkin. Tanlo'v o'zingizda.

Misol uchun yo'lda sizni bir kishi siqib o'tib ketti. Uni so'kib butun kun hayolingizda ushlab yurishingiz, yoki umuman e'tibor qilmasligingiz mumkin.

Bir hil insonlarni taniman, shunaqa mayda narsalarga ham jahl qiladi. Shu insonlarni oldida bo'lishni yoqtirmayman. Ulardan maksimal uzoqda bo'lishni istayman.

Kayfiyatimiz: - jismoniy xolatimiz - psixologik xolatimiz - samaradorligimiz - ijodkorligimizga - kelajakdagi qarorlarimizga - fikrlashimizga ta’sir qiladi.

Kayfiyatimiz buzilishi bizga juda qimmatga tushishi mumkin.

O'zingizdan ham jahlingiz chiqmasin, boshqalarning gaplaridan ko'ra, o'zingizga o'zingiz aytgan so'zlaringiz qattiqroq ta'sir qiladi.

Imkon boricha doim sizga ijobiy ta'sir qiladigan qarorlarni qabul qiling.

Istisno xolatlarda qattiq qo'llik kerak, lekin xissiyotga berilib emas, sovuqqonlik bilan.

Asl postni Telegramda ochish →